Kellini va Immobile jarohati sabab Italiya terma jamoasida o'ynamaydi
10 noy 2021 19:49
Yangiliklar
Kellini va Immobile jarohati sabab Italiya terma jamoasida o'ynamaydi
Himoyachi Jorjo Kellini va hujumchi CHiro Immobile noyabr oyida bo'lib o'tadigan JCH-2022 saralashida Italiya terma jamoasiga yordam berolmaydi.
37 yoshli Kellinining mushaklarida jarohati bor, 31 yoshli Immobilening esa boldiri shikastlangan.
"Lacio" hujumchisi o'rniga "Sassuolo" ning 22 yoshli hujumchisi Janluka Skamakka terma jamoaga jalb etildi.
Eslatib o'tamiz, Italiya 12 noyabr kuni SHveycariyani qabul qilsa, 15 noyabrda SHimoliy Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar