Kellini Superliga loyihasini maqullab chiqdi
11 noy 2021 00:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/667811_original.jpg)
![](/upload/storage/667811_220.jpg)
Kellini Superliga loyihasini maqullab chiqdi
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini Evropa Superligasining yaratilishi yaxshiroq bo'lishi mumkinligini aytdi.
"Bu borada klub prezidenti Anelli bilan gaplashdim. Haqiqatdan ham, Evropa futboli ichki emas, xalqaro musobaqalarga bog'liq bo'lib qoldi. "Yuventus" futbolchisi sifatida yuqori tashkilotlarni qattiq hurmat qilaman, ammo futbol yana uzoq yillar davomida muxlisbopligini saqlab qolishi kerak.
Negadir nomuayyan nuqtaga kelib qolgandekmiz. Tashkilotlar, klublar va futbolchilar birga uchrashib, taqvimni, tizimni yangilashi kerak deb hisoblayman. Sportning ushbu turini qayta uyg'otish kerak. O'shanda olam ko'zimizga yanada chiroyliroq ko'rinadi", - dedi italiyalik.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar