Kellini Ronaldu haqida: "Biz uchun uning ertaroq ketgani yaxshi bo'lardi. Biz chempionat startiga yaxshiroq tayyor bo'lardik"

Alisher
21 okt 2021, 17:38
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini klubning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga o'tgani haqida gapirdi.

"Ronaldu 28 avgustda ketdi, biz uchun ertaroq ketgani yaxshi edi. 

Buni tushunish oson edi, ammo bu bizni hayron qoldirdi va menimcha, biz ilk o'yinlarda buni ochkolar bilan to'ladik.

Agar u 1 avgust kuni ketganida, bizda chempionat startiga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'proq vaqt bo'lardi", - deydi Kellini.

→ Bonuchchi: "Biz so'nggi yillar maksimal tarzda Ronalduga o'ynadik va u barchasini hal qila olishi mumkin deb o'ylagandik" 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As