Kellini: "Agar shunday davom etaversa, Italiya ko'p narsaga erishadi"

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2016, 21:52
Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini Shvetsiya ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Eder gol urganidan juda xursandman. Odamlar "oriundilar" (boshqa mamlakatda tug'ilib, Italiya terma jamoasida o'ynaydiganlar) haqida har xil yomon gaplar aytishadi, ammo ular hurmatga loyiq.

Birinchi bo'limda yomon o'ynaganimizni yaxshi tushunamiz, lekin chidamlilikni saqlab qoldik. Agar shunday davom etaversa, biz ko'p narsaga erishamiz" - deydi Kellini.

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia