So’nggi yangiliklar

10:20Ямаль "братишка"сини Олимпиада чемпионлиги билан табриклади  0 09:50Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоасини Тожикистонга Анвар Раҳимов олиб боради  1 09:35Суперлига. "Динамо" охирги маротаба Фарғонада қачон ғалаба қозонган эди?  1 09:10"Пахтакор" "Насаф"ни 5 та ўйиндан бери мағлуб эта олмаяпти. Шацких Бердиевдан устун келадими?  8 08:35Баҳром Ҳайдаров: "Ўйин тенг курашлар остида ўтди"  0 08:05Асрор Алиқулов: "Бизга бу ўйинда иккинчи куч етишмади"  0 07:35Суперлига. Бугун Қаршида турнинг марказий ўйини бор  12 07:15Баҳодир Жалолов, Абдумалик Халоков, Акбар Жўраев ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида қатнашадиган спортчиларимиз рўйхати  9 00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  6 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисмини голга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  3 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  8 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  28 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  4 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XII bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XII bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining o'n ikkinchi bobini taqdim etamiz.
2009 YILI BIR KUNDA TO'RTTADAN O'YIN SOTIB OLGANMAN

Kangning kureri pullarni olib yashiringanidan bir necha oy o'tgach, menda qasos olish uchun imkoniyat tug'ildi. Tanish taksichi o'zini kelishilgan o'yinlarning yirik tashkilotchisidek tutib, Kang haqida gap ochib qoldi.
- Sen orqali Germaniya chempionatidagi o'yinga yirik summada pul tikmoqchiman,  - dedim.
Aslida hech narsani tashkil etmagandim. O'yin bilan ham ishim yo'q edi. Faqat Kangning esini kiritib qo'yishni istardim xolos.
- Yaxshi, depozit olib kel, - deya javob berdi u. - Biz esa sen uchun pul tikamiz.
Mehmonxonadan bir-biriga qo'shni bo'lgan xonalarni oldim. Birida Mega va ko'rinishi kavkazliklarni eslatib yuboradigan do'stimiz o'tirishardi. U o'zini xuddi bosslardek tutardi. Ularning jomadonida 1 million Singapur dollari bor edi. Qo'shni xonada besh nafar baquvvat yigit  bilan men kutib turardim. Biz stavkamiz ish bermagan holatda ham yo'qotgan pullarimizni qaytarib olishga tayyorlangandik. Tez orada Megaga Kangning kurerlari qo'shildi. Bizning boss o'zini g'alati tutardi. Masalan, u mini-bardan shokolad olib erdi. Lekin kurerlar hech narsadan shubhalanmadilar. Mega millionni ularga ko'rsatib, stavkani elon qildi: total 2,5dan ortiq bo'lgan taqdirda 700 ming dollar. Ular kurerlar bilan bir stol atrofida o'tirardilar. Xitoyda Kang stavkalarni belgilab berardi. Kelishuv shartiga ko'ra u yutuqni ertasiga to'lashi kerak edi. Kangning kureri bizning kafolat bo'lib xizmat qildi.

Kang pullarimizni o'yin boshlanganligini  anglatuvchi hushtak chalinganidan 10 daqiqa o'tgach tikdi. Bundesliga o'lchovida bu ancha kech. Odatda buning uchun 5 daqiqa kifoya qiladi. Lekin 88-daqiqada ham hisob 0:0 bo'lib turgandi. SHunda yigitlar bilan Mega va kurerlar o'tirgan xonaga kirdik.

Kiraverishda Prasaddan mening 400 ming dollarimni o'g'irlab ketgan kurer turardi. U meni Meganing xo'jayini deb o'ylab, jilmayib qo'ydi. Uni bir chekkaga uloqtirib xonaga bostirib kirdim. Meni hayron qoldirib Mega bilan Danning  ishonchli odami, sartarosh CHu birga o'tirardi. Xuddi arvohni ko'rgandek uning rangi oqarib ketdi.
- Uilson, 400 ming dollaringni men olmaganman. Bu ishda aloqam yo'q,  - CHu shunday deya shoshgancha o'zini oqlashga tushib ketdi. - Agar o'zimni uning vakilidek ko'rsatadigan bo'lsam, Kang menga 3 ming berishga vada qilgandi. SHuning uchun bu erda o'tiribman.

- CHu, o'zingni bos. Senga hech qanday etirozim yo'q.
CHo'ntagimdan 3 ming chiqarib CHuga berdim.
- Bu sening maoshing. Endi Kangga qo'ng'iroq qil va trubkani menga ber.
Agar stavkamiz ish berib, pullarga ega bo'lganimizda Kangni ahmoq qilishda davom etardik. Afsuski, birinchi o'yindayoq pullarga kuyib qoldik. Kang bilan gaplashishga tushdim:
- Meni eslaysanmi? Sen 720 ming dollarimni o'g'irlaganding. Endi men seni 700 mingga tushiraman. O'rtamizdagi hisob 1:1. Agar chindan ham zo'r bo'lsang, hisobda oldinga o'tib olishing mumkin.

Trubkani joyiga qo'ydim, garov pullarni olib yigitlar bilan mehmonxonani tark etdik. Kang 700 ming yo'qotdi.

NAVBATDAGI SARGUZASHTLAR
Bu paytga kelib Keniya Afrikadagi eng ko'hna turnir hisoblanadigan  KESAFA Kubogini qabul qilardi. Nayrobiga uchib bormadim, hamma ishni Denni bajardi. Zimbabve terma jamoasining futbolchilariga dastlabki uch o'yinda o'z imkoniyatlari darajasida to'p surishlari kerakligini  aytdik.

CHunki bu uchrashuvlar uchun stavkalar qabul qilinmasdi. Zimbabveliklar pley-off bosqichiga yo'l olganlaridan keyin katta sahnaga chiqdik. Ular bizga kerak bo'lgan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatni taminlab berdilar. Eritreya terma jamoasi ulushini olganidan keyin mehmonxonani tark etdi. Denni bilan gaplashib, ularning eng yaxshi hamkor emasligini aytdim. Ehtimol, bu bechora yigitlarga o'sha o'yinda topganlari Eritreyada yashashlari uchun bir umrga etsa kerak.

Dekabr oyida kongoliklarning Tu Pussan Mazembe (TPM) klubi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Dubayga uchib keldi. Ular Afrika CHempionlar ligasini yutgandilar. Bu orada TPMning ishlari bilan shug'ullanadigan Feliks ismli tanish agentim bilan bog'landim. U har bir o'yinni 60 ming dollar evaziga topshirishlari mumkinligini aytib javob qaytardi. Ular Zimbabveda yig'in tashkil qilgandilar. Feliks futbolchilar bilan kelishib olishga vada berdi. SHundan so'ng Denni Dubaydagi mehmonxonada TPM darvozaboni bilan uchrashdi. Gap o'yinni topshirish masalasiga kelganda, darvozabonning rangi bo'zarib ketdi. CHunki u biz tashkil etadigan bunday o'yinlar haqida tushunchaga ega emasdi. SHu bois darvozabon o'rnidan turib qo'riqchilarni chaqirishga harakat qildi. Denni mavzuni o'zgartirib, darhol lash-lushlarini yig'ishtirdi va Dubaydan Singapurga qaytdi.
Aytishim kerakki, o'sha paytda pullar daryo bo'lib oqardi. Bir kunda to'rttadan o'yin sotib olardim. Bo'sh vaqtimning o'zi yo'q edi. 2009 yili aviachiptalar uchun 1,5 million dollar sarflaganman. Parvozlar - biznesimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Kangdan qasos olganimdan so'ng yangi o'yinlar uyini qidirib topishga ko'p vaqt sarfladim. Agar buni darhol uddalaganimdami, 2009 yili 10 million dollardan kam foyda ko'rmagan bo'lardim. Bo'sh vaqtimning ko'p qismini o'zim tashkil qilmagan o'yinlar uchun pullar tikishga sarfladim. 2009 yilning 29 dekabrida aeroportda qo'riqchi bo'lib o'rtamizda yuz bergan voqea yuzasidan sudda ish boshlandi. Qonun bilan bog'liq muammolarim borligiga qaramasdan biznesimni tashlay olmasdim. Odamlarimni dunyoning turli chekkalariga yubordim. Advokatimga ishonganim uchun bunga ko'p ham ahamiyat bermadim. CHunki o'sha advokatni menga top-saviyadagi professional sifatida tavsiya qilgandilar. So'nggi nafasimga qadar o'sha pandavaqini eslab yursam kerak.

Sudga bir necha kun qolganda Gollandiyada o'zim uchun tatil tashkil qildim. Evropadagi futbol associaciyalariga chiqish maqsadida u erda eredivizionda o'ynaydigan futbolchilar bilan uchrashdim. Evropadagi terma jamoalarni Afrikadagi o'rtoqlik o'yinlariga jalb etishni istardim.

Amsterdamda bir oqshomning o'zida 3 million dollarni stavkalarga sarflab yubordim. Dastlab SHotlandiya, so'ngra A seriya va primera bahslariga tikdim. Omadim chopmay pullarni yo'qotganim qoldi. O'zimni qo'lga olib Britaniyaga uchdim. Aeroportda ko'zga ko'rinadigan har joyga quyidagi yozuvlar tushirilgan eslatmalar osib qo'yilgandi: Agar 20 ming evrodan ko'proq pulingiz bo'lsa, ularni dekloraciyadan o'tkazing. Kayfiyatim yo'q edi. SHuning uchun bo'lsa kerak, bunga etibor bermadim. Ro'yxatdan o'tish chog'ida meni tekshirdilar. Yonimda 50 ming evro bor edi. SHunda meni 3 ming evro miqdoridagi jarimaga tortishdan tashqari uchishim kerak bo'lgan reysdan qoldirib yubordilar. Londonda ham butun o'y-xayolim sud bilan bog'liq bo'ldi.

Advokatga shunday mazmunda SMS yozdim: Aybimni tan olishga tayyorman va tinchlik sulhini jon deb imzolayman. Singapurda ishlarim boshimdan oshib yotardi. Zimbabve o'rtoqlik o'yinlari seriyasida ishtirok etish uchun Osiyoga uchib kelgandi. Sud o'tkaziladigan kuni ular Tailand bilan uchrashardilar. Hammasini nazorat qilish uchun Dennini u erga yubordim. Advokat menga aybimni tan olsam, hammasi tezda nihoyasiga etishini aytdi.

Qamalgan taqdirimda ham uzog'i bilan 3-4 oyni panjara ortida o'tkazsam va jahon chempionati boshlanguncha ozodlikka chiqsam kerak, degan xayolga bordim. Bunga qadar qamoqda sport bilan jiddiy shug'ullanib, jismoniy holatimni yaxshilab olishni rejalashtirgandim. Ishni ko'rib chiqayotgan hakamning  jinoyatchilar orasida  qattiqqo'lligi va menga o'xshaganlarni ko'rishga toqat qila olmasligidan xabar topdim. Yana maslahatlashish maqsadida advokatga qo'ng'iroq qildim:
- Hakam senga qanday munosabatda bo'lyapti?
- Yomon emas.
Ko'pincha hakam advokat bilan tanish bo'lsa, ishga  o'ziga xos tarzda yondashadi. Biroq ishimni ko'rib chiqayotgan bu hakam darhol maqsadga ko'chib, advokatimga shunday dedi:

- Bu qallob pullarni xuddi xazondek supurib, menga o'xshaganlarning tanobini tortib qo'yish uchun qonun ojizlik qiladi, deb o'ylab yuribdi. U aeroportda qo'riqchining qorniga ikki marta musht tushirib, qonunni buzgancha avtomobilida qochib ketgan.
Hakam mening gaplarimga  parvo qilmadi. U sovuqqonlik bilan aybdor ekanligimni va yakuniy hukm 2010 yilning 27 yanvarida chiqarilishini elon qildi.  Ish yuzasidan fikrlar eshitib bo'lingach, Denniga qo'ng'iroq qildim:
- Zimbabveliklar yutqazmasliklari kerak. Yutqazgan taqdirda ham bir gol farqi bilan imkoniyatni boy bersinlar. Yaxshisi, ular jarima maydoniga avtobusni joylashtirib qo'yishsin.

Zimbabveliklarning qanday imkoniyatga ega ekanligini bilganlari bois hamma Tailandga tikishga tushdi. Birinchi bo'limdan keyin  mezbonlar 1:0 hisobida oldinda borardilar. Ammo o'yin tugashiga o'n daqiqa qolganida Zimbabve  terma jamoasi  birin-ketin ikkita gol o'tkazib yubordi. Denni shunda zimbabveliklar bilan bizdan tashqari  yana boshqalar ham ishlagan ko'rinadi, degan shubhaga bordi. O'ylab-o'ylab bu ishni kelishilgan o'yinlarning vetnamlik tashkilotchisi Nguen amalga oshirgan bo'lsa kerak, degan to'xtamga keldik. Ertasi kuni Malayziyaga uchdim.

J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика