So’nggi yangiliklar

00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  0 00:00Ла Лига. "Осасуна" ва "Барселона" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  41 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  1 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  5 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  7 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7 19:05"Ланс" - "Ницца". Ҳусанов асосий таркибда  2

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. I Bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. I Bob (davomi)

Odatga ko'ra bugun "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining davomini taqdim etamiz.

Davomi. Boshi quyidagi havolalarda.

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. Kirish

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. I Bob.

O'sha vaqtda Singapurda uchta chempionat o'tkazilardi – barchasi havaskorlar o'rtasida. Mamlakat xalqaro uchrashuvlarni ham qabul qilgan. Janubi-SHarqiy Osiyo hamda Osiyo o'yinlari o'tkazilgan. Tai San nomli shaxs bor edi. Uni hamma shtab-kvartira (SHK) deb atardi. Bukmekerlar va o'yinchilar unga qo'g'iroq qilib o'yinlar qachon va qaerda bo'lishini so'rab olishardi. Singapurda bir nechta stadion bo'lib, ularning barchasini SHK nazorat qilardi. Men uning qay tarzda SHKga aylanib olganini bilmayman, lekin u telefonda xushmuomala bilan javob berardi:

- Bugun. “Toa Payo” stadioni.

- Yaxshi.

- 19:30.

- Men boraman.

Biz do'stlarim bilan turli xil stavkalar qilardik. Faqat futbolga. Negaligini bilmayman-ku, lekin, futbol hind va malaylar uchun doimo birinchi raqamli sport turi bo'lib kelmagan. Singapurliklar esa futbolni parklarda, ko'chalarda va hattoki basketbol maydonchalarida ham o'ynashardi. Singapurliklar kriketni yoqtirmaydilar. Men esa haligacha ushbu sport turini tushunmayman. Bitta o'yin kun bo'yi davom etishi ham mumkin. Yaxshiyam men Singapurdanman. Agar Hindistonda tug'ilganimda kriket bo'yicha ham kelishilgan o'yinlar tashkil qilgan bo'larmidim...
Singapurdagi xitoyliklar futbolni kamdan-kam o'ynashardi. Ular asosan basketbol bilan shug'ullanardilar. Xitoy mahallalarida basketbol maydonchalari ko'plab topilardi. Lekin, men basketbolni savatchaga eplab tushira oladigan biror bir xitoylikni ko'rmaganman. Xitoyliklar o'yinni tugatishlari bilan maydonchadagi ustunlar futbol darvozalari ustunlariga aylanardi. Biz 5 ga 5 yoki 4 ga 4 o'ynardik.

Dam olish kunlari esa standart maydonda 7 kishiga qarshi 7 kishi o'ynardik. Evropada bunaqasini eshitmagansiz. 5 daqiqadan ikki bo'lim. 50 dan 100 tagacha jamoa ishtirok etadi. Biz o'yin navbatimiz kelishini soatlab kutardik. Men shunaqa turnirlarni tashkillashtirardim. ”Braziliyaliklar” nomli o'z jamoam ham bo'lardi. O'sha erda men bo'lajak hamkorlarim bilan tanishganman. Lekin, biz o'z chempionatimizda bir marotaba ham kelishilgan o'yinlar tashkillashtirmaganmiz.

Ko'pchilik bukmekerlar hamda o'yinchilar o'rtasidagi farqni bilmaydi. O'yinchi futbol o'yiniga stavka qo'yayotgan, bukmeker esa stavka qabul qilayotgan, foyda ko'rayotgan shaxs hisoblanadi. Menga bukmekerlar qiziq emas, men o'yinchiman. Bukmeker aniq bir forani beradi, agar men qaysidir jamoaga pul tikishni istasam, u bundan ham yaxshiroq fora taklif qilishi lozim. SHu tarzda savdolashiladi. Xuddi birjadagidek qolganlar ham bunga qo'shilishi mumkin.

Men nimaga o'ynashni boshladim? Masalan, Tayger Vudsni oling. Unda inson istashi mumkin bo'lgan barcha narsa bor. Lekin, u tunlari kazinoda sang'iydi. Jon Terri kuchuklar poygasiga stavka qiladi. Ueyn Runi va Maykl Ouen ot poygasida pul tikadi. Mana shu boylar va mashhurlar bu o'yindan adrenalin qidiradilar. 



Pul ishlash uchun stavka qiladiganlar ham bor. Odamlarga azart va pul kerak. Pulni kim ham istamaydi deysiz? CHiroyli mashina, dang'illama uy. Har bir o'yinchida o'zining (kamdan-kam hollarda) muvaffaqiyatga eltuvchi sistemasi bor.

Evropada stavka qo'yish tosh asrida qolib ketgandek tasavvur uyg'otardi. Odamlar xuddi 300 yil oldingidek stavka qo'yishardi. MYU “Uigan”ga qarshi o'yinda: Agar “Yunayted” g'alaba qozonsa bir dollardan 20 cent yutasiz. Durangga 4 dollar, “Uigan” g'alabasi uchun 12 dollar yutasiz. 20 cent kimga kerak? Kallasi bor o'yinchi bunaqa stavkalar qilmaydi. “Uigan”ga qo'yish mumkin, lekin, ular yuz yildayam g'alaba qozona olmaydi. Kim bunaqa shartlarga rozi bo'lib stavka qo'yadi? Uchta natijadan birini tanlab, topish qiyin.

Osiyoda stavkalarni ikki xil natija bo'yicha qabul qilishadi: 50 ga 50. SHunaqa o'ynash kerak. Ular “Uigan”ga 2 ta gol fora beradilar, aniqrog'i, MYU +3 ko'rinishida g'alaba qozonishi zarur. Siz kimni tanlaysiz?
Osiyoda yana turli xil stavkalar bor: o'yinni kim boshlaydi, birinchi taymda kim g'alaba qozonadi, keyingi burchak to'pini kim tepadi, kim nechta gol uradi va boshqalar. Siz gapirishdan ham tezroq pul ishlashingiz mumkin.

Harbiy xizmatdaligimda marafonda yugurishni istagan oficer meni o'ziga murabbiy sifatida tayinladi. Men hech narsa qilmasdim. Kun bo'yi telefon oldida o'tirardim. Haftada bir marotaba harbiy qismga borib naryadga turib kelardim. O'rnimga turishlari uchun pul to'lardim-da, stadionga stavka qo'yishga ketardim.
Singapurda etnik guruhlar ko'p. Stadionda ikkita indus o'tirardik: men va do'stim Kanan. Yana bir qancha malaylar va 30-40 ga yaqin xitoyliklar. Xitoyliklar ashaddiy o'yinchilardir. Ularga o'yinlar ro'yxatini bersangiz variantlari bilan keladilar. Ular agar gap o'yin haqida ketadigan bo'lsa nimalarnidir o'ylab topadilar.
Menda ikkita jamoa tuzish uchun ham do'stlarim etarli edi. Bir kun stadionni 180 singapur dollari evaziga 2 soatga ijaraga oldim. 32 ta odam taklif qilib ularni ikkiga bo'ldim va formalar tarqatdim. O'yindagi ishtiroki uchun ularning har biriga 50 dollardan beradigan bo'ldim.

Singapur – kichik shahar. Agar siz gazetaga qo'ng'iroq qilib, o'yin haqida aytsangiz, o'sha o'yinni tekinga reklama qilib berishadi. SHunay ham qildim. Kubok nomini o'ylab topib final qachon va qaerda tashkillashtirilishini aytdim. O'yinning finalligini aytib, stavkalar kattaroq bo'lishini o'yladim. Keyin referi topdim. Unga 500 dollar berdim. Qora forma va hushtak ham sotib olib berdim.

Keyingi kuni esa SHK odatdagidek gazetani ochadi va o'yinning anonsini ko'rganidan so'ng barcha bukmeker va o'yinchilarga elon qiladi. Barcha stadionga yo'l olgan. Men do'stlarimdan ham xuddi mendek stavka qo'yishni so'radim. Ular autsayderlarga tikishdi.
Birinchi bo'limda “qizillar” tinmasdan hujum qilishdi va 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Tanaffusda esa “oqlar”ga stavka qo'yishni taklif qildim. Barcha bukmeker va o'yinchilar katta stavkalar taklif qilib atrofimizni o'rab oldilar. Biz esa tikayotgan summamizni ko'tarishda davom etardik: ming, ikki ming, besh ming. Yakunda biz hammadan ham ko'proq pul tikdik – o'n besh ming. Havaskorlar uchrashuvi uchun juda katta pul.
Men futbolchilarga va hakamga o'yin qanday natijada tugashi zarurligini tushuntirib qo'ydim. “Oqlar” g'alabani o'z tomonlariga og'dirib oldilar – 4:3. O'shandagina ularni aldaganimizni tushunib etishdi.

-   Ular bizni yaxshigina ahmoq qilishdi. Bu kelishilgan o'yin, - kimningdir ovozi eshitildi uzoqdan.

O'yindan so'ng hech qanday bahs va janjal yuzaga kelmadi. Ular mening ayyorlik qilganimni tushunib turishardi, lekin, ularning qo'lida bunga hech qanday isbot yo'q edi. Mening futbolchilar bilan do'stligimni hech kim bilmasdi. Ular yutqazgani uchun to'lashdi. Agar to'lashdan bosh tortganlarida o'z obro'larini tushirib yuborardilar. Odamlar ularga qarata: “ Lanatilar, yutqazib pulini to'lashmadi” deyishardi.


Kelishilgan o'yinlarni birinchi bo'lib men o'ylab topmaganman. Bungacha ham Singapurda bunday o'yinlar amalga oshirilardi. Lekin, mengacha hech kim xitoylik bukmekerlarni “Jalar Besar”da bu darajada laqillatmagandi. Ular boshqa men bilan o'ynashmaydigan bo'ldilar.

Men futbolga stavka qo'yishda davom etardim. Hizmat yakunlanganidan so'ng hayotimda boshqa yo'l boshlandi. Meni harbiy yig'inlarga chaqirmaydigan bo'lishdi. Avvaliga men ish qidirdim va kemasozlik kompaniyasiga ishga kirdim. Oyligimning bir qismini onamga berardim va qolganiga stavka qo'yardim. Ishimga qiziqish pasayib ketdi va men professional o'yinchiga aylangandim. Stavkalar mening biznesimga aylana boshladi.

Kelishilgan o'yinlar tashkillashtirish bilan birga halqaro o'yinlarga ham stavka qo'yishni unutmasdim. CHempionlar Ligasi, APL va boshqalarga. Navbati bilan yutib turardim. Kelishilgan o'yinlardan ishlagan pulimni Premer-Ligaga tikardim.

(Davomi bor...)


Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика