So’nggi yangiliklar

09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  0 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  4 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  2 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  15 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5

“Kelajak yulduzlari” bolalar futbol festivali G'allarolda Yangiliklar

“Kelajak yulduzlari” bolalar futbol festivali G'allarolda

Bolalar-hayotimiz manosi va ulug' nemati. Umrimizning gullari. Ularning kulgusi va sog'lom, barkamol bo'lib voyaga etkazish esa har bir ota-onaning vazifasi va burchi.

Hozirgi kunda esa ularning etuk va sog'lom bo'lib kamol topishida sportning o'rni beqiyos. To'g'ri yulga etaklovchi esa albatta ustoz va murabbiylarning o'rni beqiyos.

“Bolalar futboliga etibor berib, ularga hozirdan futbolning sir asrorlarini o'rgataylik. Ishonaman, ular kelajakda katta marralarni zabt etadi”, - deydilar  ustozim Nodirxo'ja Yuldashev.

Rost, ulardagi shijoatni ko'rib kelajakda o'zimizning Messi, Ronaldo yoxud Buffonlar chiqishini ishonasan kishi. Futbolga mehr qo'yish va sekin astalik bilan ularga futbolning barcha sir asrorlarini o'rgatish maqsadida, Jizzax viloyati futbol federaciyasi, G'allaorol tumani bolalar va o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan  Jizzax viloyati G'allaorol tumanida 2008-2009 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida  “Kelajak yulduzlari” futbol festivali o'tkazildi.

Unda respublikamizning Toshkent, Farg'ona, Namangan, Buxoro, Sirdaryo va Jizzax kabi viloyatlardan jamoalar qatnashdilar. 1-5 aprel kunlarida o'tgan ushbu festivalida quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:



Toshkent “Paxtakor” 1 va 2 jamoalari (24 nafar futbolchi)
Farg'ona  -  “Marg'ilon”(12 nafar)
Namangan – “Namangan”(12 nafar)
Buxoro-  “Buxoro”(12 nafar)
Sirdaryo- “Guliston”(11 nafar)
Toshkent- “Lokomotiv BFK”(12 nafar)
G'allaorol – “Marjonbuloq”(12 nafar)

“Bolajonlarning ko'zidagi quvonchni qarang” - deb so'z boshladi G'allaorol BO'SM futbol murabbiyi Baxriddin Rahmonqulov. “Ushbu festivalni tashkil qilishdan asosiy maqsad bolalarda sportga, xususan futbolga bo'lgan mehrni o'yg'otish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, istedodli bolalarni saralab olish va ulardan professional futbolchilarni tarbiyalash. Jizzaxdan ko'plab futbolchilar etishib chiqqan. Davron Fayziev, Jasur Hasanov, Sardor Rashidov va boshqalar. Ularning yutuqlarini ko'rib xursand bo'lamiz va yanada faxrlanamiz. Bu bolajonlar ham kelajakda milliy terma jamoalarimizda o'ynab, vatanimiz  bayrog'ini yuksaklarga  ko'tarishiga ishonaman”.



Festivalning so'ngi kunida, bolalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda Jizzax viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Musulmanov Anvar Ismatullaevich va federaciya xodimlari, G'allaorol BO'SM rahbariyati, OAV xodimlari, jamoalar murabbiylari  2012 yil Eronda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida chempion bo'lib, hozirgi kunda Jizzaxning  “So'g'diyona” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Sarvar Karimov, Izzatilla Abdullaev, SHoxrux Eshbo'taev qatnashib, bolalarni medallar bilan taqdirlaydi. Bunday tadbirlar tashkil etilishida davom etiladi.

Dildora Xolboeva Jizzax viloyatidan maxsus

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика