So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  0 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  2 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  5 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  10 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

Kelajak g'unchasi Yangiliklar

Kelajak g'unchasi

Istiqbolli yosh iqtidorlar haqidagi hikoyamizda bu safar Brandt, Sanshesh yoki Donnarumma kabi yigitlarga to'xtalib o'tirmaymiz.

Zero, ular ajoyib o'yinlari bilan allaqachon o'z muxlislari auditoriyasiga ega bo'lib ulgurishdi. Quyida etirof etilgan futbolchilar esa hozircha ko'pchilikka tanish emaslar. Lekin tez orada yorqin o'yinlari bilan jamoatchilik etiborini tortishlariga umid qilish uchun asoslar etarli.

Jovanni SIMEONE (Jenoa)

Topqirligingizga tasanno! Simeone iborasiga ko'zingiz tushgani hamono Bu mashhur Diegoning o'g'li emasmi? degan fikr xayolingizdan o'tgan bo'lsa, yanglishmadingiz. Ha, Jovanni Atletiko bosh murabbiyining zurriyodi. Xullas, futbolchilik bu yigitchaning qonida bor. Lekin kichik Simeone otasidan farqli o'laroq, oldingi chiziqda to'p suradi. Axir to'pni gol urish ilinjida olg'a intilgan raqiblardan tortib olishga urinishdan ko'ra, uni darvoza tomon yo'llash ancha yoqimliroq sanaladi. Diego futbolchilik davrida El Cholo taxallusini olgandi. Mana, endi o'g'lini Cholito, yani mitti CHolo, deb atashyapti. Benfildda ijara shartnomasini risoladagidek o'tagan yosh hujumchi yangi mavsum oldidan River Pleytni Jenoa bilan almashtirdi. SHubha yo'q, uning uchun Evropaning kuchli chempionatlaridan birida o'z mahoratini sinovdan o'tkazish foydaliroq. Demak, kuzatamiz, kichik Simeone Italiya A seriyasida nimalarga erisharkin?

Santi MINA (Valensiya)

Mina ijobiy xislatlarga egaligini Seltada to'liq namoyish etdi. Deylik, ilk golini 17 yoshidayoq urdi va bu borada jamoa tarixidagi rekordchiga aylandi. Yana bir yildan so'ng esa klub etakchilari qatoridan joy oldi. Santi Valensiyaga o'tgach, Nunu Eshpiritu Santu ishonchini qozonishga ham ko'p vaqt sarflamadi. Mana, hozirda o'z ustozini uyaltirib qo'ymaslik uchun bor kuch-mahoratini ishga solmoqda. Misol uchun, Mestalyada Barselona darvozasini nishonga olib, ko'rshapalaklarning muhim ahamiyatga ega durang qayd etishlarini taminladi. Valensiya yaqinda Pako Alkaser bilan xayrlashdi va endi asosiy hujumchi masuliyati aynan yosh Santi Mina zimmasiga tushadi, chog'i.

Brel EMBOLO (SHalke)

Emboloning Bazeldagi jasoratlari allaqachon SHveycariya tashqarisida ham doston bo'ldi. Qolaversa, SHveycariya milliy jamoasiga jalb etilgan 19 yoshli futbolchi Evro-2016da munosib to'p surdi. Yosh bo'lishiga qaramay, yuksak texnika va risoladagidek tezlikka ega futbolchi poziciya tanlashda ham bebaho. Brel yozda SHalke safiga qo'shildi. Endigi vazifasi - Klass-Yan Xuntelar bilan yonma-yon to'p surib, o'zini ko'rsatish yoki raqobatda undan ustun kelish.

Timo VERNER (RB Leypcig)

Timo hozir 20 yoshda. Ammo 3 yildan buyon umidli yoshlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Verner bungacha SHtutgartda naq 5 nafar murabbiydan saboq oldi, bundesligada 50ta o'yin marrasini zabt etgan eng yosh futbolchi maqomiga erishdi. Garchi ayrim bellashuvlarni o'ta yorqin nur sochgan bo'lsada, hozircha barqaror to'p surish hadisini o'zlashtirgani yo'q. SHu boismi, debyutant jamoa safiga ko'chib o'tishni ixtiyor etdi. Nima derdik, Timo balki shu debyutant tarkibida yangi darajaga chiqar?

Deyvi ZELKE (RB Leypcig)

Leypcigning oldingi chizig'ida Vernerga jamoaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi to'purari Deyvi Zelke yordam beradi. Tashqi ko'rinishidan biroz beso'naqayroq tuyulsada, u binoyidek texnika sohibidir. Qolaversa, Zelke oldingi chiziqda ham, markazda ham birdek ishonchli harakatlanadi. Miroslav Kloze ketganidan keyin bundesmannshaftning hujum chizig'i nisbatan siyraklashib qolganini hisobga olgan mutaxassislar Deyviga katta umid bog'lashmoqda. Yani unga Miroslavning vorisi sifatida qarashyapti.

Xesus VALEXO (Ayntraxt)

Bu futbolchini markaziy himoyachilarning klassik namunasi, deya etirof etish mumkin. Xesus jismonan baquvvat, tezligi ham talab darajasida, shoshma-shosharlikka aslo yo'l qo'ymaydi. Real faoliyatini Saragosada boshlagan bu himoyachi uchun 6 mln. evro to'lagandi. Biroq bemavrid orttirilgan jarohat uning avvalgi mavsumni ko'ngildagidek o'tkazishiga xalaqit berdi. Vaholanki, Saragosada etakchilardan biriga aylanib ulgurgandi. Mana, madridliklar 3 oylik muolajalardan so'ng safga qaytgan futbolchini ijara asosida Ayntraxtga berishdi. Ehtimol, Xesusga bunday taklifni Daniel Karvaxal bergandir? Har holda, u bundesligada toblanish orqali Realning asosiy o'yinchisiga aylandi. Valexo oldida ham Germaniyada nimalarga qodirligini tezroq isbotlash vazifasi turibdi.

Godfred DONSA (Bolonya)

Italiyaliklar Donsani Yangi Essen, deya maqtashmoqda. Futbolchining aytishicha, bolaligida har hafta onasidan 2 evro olib, mahalliy barlarda vatandoshining CHelsidagi o'yinlarini qoldirmay tosha qilgan ekan. Endi esa ganalik yoshlar aynan uning o'yinlarini kuzatishmoqda. Donsa Italiyaga Mauricio Zamparini taklifiga binoan ko'chib o'tgan bo'lsada, Palermo tarkibida maydonga tushish unga nasib etgani yo'q. Xullas, afrikalik yigitning salohiyatiga birinchi bo'lib,  Kalyari munosib baho berdi. Zdenek Zeman yosh iqtidorni asta-sekinlik bilan tarkibga qo'shdi, keyinchalik chexiyalik mutaxassis o'rnini egallagan Zola ham 18 yoshli Godfredga ishonch bildirdi. Natijada mavsum davomida muvaffaqiyatli to'p surgan Donsa omma etiboriga tushdi va endi Bolonyada yanada yuqoriroq saviyaga ko'tarilmoqchi.

Andrea BELOTTI (Torino)

Belotti 22 yoshidayoq Torinoda etakchilardan biri maqomini oldi. Abjir hujumchi o'tgan chempionat davomida 12ta gol urdi. Yangi mavsumning dastlabki 2ta uchrashuvida esa o'z hisobiga 4ta gol yozib qo'yib, A seriyasi to'purarlari qatoridan joy oldi. Ajabmaski, u mavsum pirovardida ham bosh goleador bo'lishga davogarlik qilsa. U aynan shu yo'l bilan chamasi 30 mln. evro sarflashdan cho'chimaydigan top-klub etiborini tortishi mumkin.

Ruben NEVESH (Portu)

Neveshni hozircha Portugaliya tashqarisida hech kim tanimaydi. Ammo u mahalliy ligada chinakam yulduz darajasiga ko'tarilgan. Deylik, 17 yoshidayoq Portuning asosiy tarkibidan joy oldi va keyingi mavsum sardorlik bog'ichiga loyiq ko'rildi. Xullas, ayni payt Portugaliya futbolidagi kelajagi porloq yoshlar safida bormoqda. O'tgan yili qitaning kazo-kazo klublari Rubenga sovchi qo'yishdi. Biroq 39 mln. evroli yorliq ularni cho'chitib yubordi. Boz ustiga, vaziyatni to'g'ri baholay olishi, to'pni mohirona nazorat qilishi va aniq uzatmalari bilan ajralib turadigan yosh iqtidor sohibi avvalgi mavsumni alo darajada o'tkazolmadi. Lekin ajdaholar muxlislari joriy mavsum undan ko'p narsa kutmoqdalar.

Andriya JIVKOVICH (Benfika)

Serbiyaliklar Partizanda porlagan yarim himoyachini 20 yoshli futbolchilar orasida eng iqtidorlisi sifatida etirof etmoqdalar. Darhaqiqat, Andriya yosh bo'lishiga qaramay, Belgrad klubida etakchilikni qo'lga oldi, yoshlar terma jamoasi bilan JCHda g'olib chiqdi va shu muvaffaqiyatlari evaziga Benfika bilan shartnoma tuzdi. Jivkovich vaqtida Partizanda to'p surgan, keyinchalik lissabonlik burgutlar safida mashhurlikka erishgan buyuk vatandoshi Lazar Markovich yo'lidan boradimi? Serbiyalik yulduzchada o'z oldidagi maqsadlarga erishish uchun barcha xislatlar mujassam. Ehtimol, u Markovichdan o'zib ketishni ham uddalar? Qaytaramiz, Andriya jahon darajasida porlash uchun barcha fazilat va imkoniyatlarga ega.

H.MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика