So’nggi yangiliklar

14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  0 13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  7 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  6

Keysuke Xonda “Toyota” sovrinini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Keysuke Xonda “Toyota” sovrinini qo'lga kiritdi

JCH-2014 saralash o'yinlarida Osiyo qitasi ishtirokchilari orasida eng ko'p gol urgani uchun Yaponiya milliy terma jamoasi futbolchisi Keysuke Xonda “Toyoto” kompaniyasining sovrini bilan taqdirlanadigan bo'ldi.
Malumki, bu sovrin saralash bosqichida eng ko'p to'p kiritgan futbolchiga beriladi va Xonda 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Xonda bu borada jamoadoshlari Riyochi Maeda va SHinji Okazakidan ikkita to'pga oshdi. SHuningdek, Ahmad Xayel (Iordaniya), Javod Nekunam, Rizo Guchannajod (har ikkalasi Eron), Li Kyun Xo (J.Koreya), Tim Keyxil (Avstraliya) kabi futbolchilar ham uchtadan to'p kiritishdi.

Xonda o'zining beshta golidan uchtasini Iordaniyaga darvozasiga va bittadan golni Ummon bilan Avstraliya darvozasiga urdi. Endi u ko'pchilik o'ylayotganidek, “Toyota” kompaniyasi tomonidan engil avtomobil bilan emas, balki 3 million iena (Yaponiya pul birligi) miqdoridagi summa bilan taqdirlanadi. Bu esa 30 ming AQSH dollari deganidir. Quyida JCH-2014 saralash o'yinlarida eng ko'p gol urgan 10ta osiyolikni keltirib o'tamiz. Ro'yxatning 10-pog'onasini Sanjar Tursunov o'zining ikkita goli bilan band etgan. Bizdan shuningdek, Ulug'bek Baqoev bilan Bahodir Nasimov ham ikkitadan to'p kiritishdi. Server Jeparov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov va Oleg Zoteev saralash bahslarida bittadan gol urishdi.

1.   Keysuke Xonda (Yaponiya) – 5
2.   Javod Nekunam (Eron) – 3
3.   SHinji Okazaki (Yaponiya) – 3
4.   Tim Keyxil (Avstraliya) – 3
5.   Ahmad Xayel (Iordaniya) – 3
6.   Mayeda Riyochi (Yaponiya) – 3
7.   Li Kyun Xo (J.Koreya) – 3
8.   Rizo Guchannajod (Eron) – 3
9.   Ahmad Muborak (Ummon) – 2
10.   Sanjar Tursunov (O'zbekiston) – 2

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика