
Referi o'yinning 43-daqiqasida, hisob 1:0 paytida Mehrdod Po'ladiga ikkinchi sariq kartochka berib, uni chetlatadi. Bu bahsda Iroq penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.
"Hakam bugun uxlay oladimi? Bu shunchaki savol. Men o'z hurmatimni ko'rsatish va nega bunday qilganini so'rash uchun tiz cho'kishga ham roziman. Yana bir bor qaytaraman, bu shunchaki savol. Arbitrdan bu qarorni tushuntirib berishini so'rayman, chunki shu sababli uyga qaytyapmiz.
Men janob Uilyamsning qaroriga izoh bermoqchi emasman, chunki agar bu ishni qilsam faoliyatimni tugatishimga to'g'ri keladi" - deydi Keyrush.