So’nggi yangiliklar

17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  1 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  3 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9

Kechagi vaziyatga Angliya nashri ham etibor qaratdi Yangiliklar

Kechagi vaziyatga Angliya nashri ham etibor qaratdi

Xabaringiz bor, kecha Tailandda bo'lib o'tayotgan "Qirol Kubogi" xalqaro turniri doirasida O'zbekiston (U-22) - Janubiy Koreya (U-22) bahsi bo'lib o'tdi. Bunda vakillarimiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
O'yinning oxirlarida esa ko'ngilni xira qiladigan hodisa ro'y berdi. Avvaliga Jalol Masharipov koreyalik futbolchini tepgani uchun chetlatildi, undan keyin Tohir SHamsiddinov raqib o'yinchisini ochiqchasiga do'pposladi. Bu vaziyatga Angliyaning mashhur nashrlaridan biri "Mirror" ham etibor qaratdi.

Xususan "Mirror"ning rasmiy sayti www.mirror.co.uk da o'sha vaziyat tushirilgan videolavha joylandi va Masharipovning zarbasi kung-fu usulida tepish deya baholandi. SHuningdek, sayt muxlislar hukmiga bir nechta savolni o'rtaga tashlagan. Xususan, "Janubiy Koreya o'zbekistonlik ftubolchilarning jig'iga tegish uchun nima qildi?", "U-22 terma jamoasi haqida kimdir eshitganmi? Ularni nima jin urdi?", "Musobaqa "Qirol Kubogi" deb nomlanadi: lekin bu futbol musobaqasimi yoki "qonli o'yinmi?", "O'zbekistonlik futbolchi bunaqa tepishni JCH-2010 finalida "o'zini ko'rsatgan" Nayjel De Yongdan o'rganmaganmi?"

Bundan tashqari, sayt o'sha sahifaga "Qaysi futbolchi O'zbekiston terma jamoasiga mos tushadi?" degan so'rovnomani keltirib o'tgan va variantlar sifatida Joui Barton, Roy Kin, Nayjel De Yong va Diego Kostani misol qilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика