So’nggi yangiliklar

19:33Эшитдик-да! Суперлиганинг 16-жамоаси аниқ бўлди   9 19:19"Сурхон" ўртоқлик ўйинида "Железничар" билан муроса кўчасини танлади  0 18:59Эрон чемпионати. "Истиқлол" ўз майдонида аутсайдер "Шамс Азар Қазвин"га имкониятни бой берди, Машарипов жароҳат олди  3 18:27"Қўқон-1912" навбатдаги йиғин учун Тожикистонга етиб борди  0 18:05"Наполи" "Ювентус" сардорини ўз сафига қўшиб олади  0 17:28Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Хоразм" нурсиз дурангга имзо чекди  2 16:53"Астон Вилла" ҳимоячиси "Фенербахче"га йўл олади  1 16:25Маъносиз йиғин  26 16:00Дортмунднинг "Боруссия" вингери инглиз грандлари нигоҳида  1 15:34"Зенит" Бразилия термаси ҳужумчисини ўз сафига қўшиб олади  1 15:15Футзал бўйича Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритган учрашув галереяси   0 14:29ПСЖ Доннаруммага ўринбосар топди  4 14:12Эшитдик-да! Сречко Катанец қандай касаллиги маълум  74 13:49Саудия Арабистонидагилар Винисиусдан умидларини узишмаган  3 13:10Рубен Аморим: "Рэшфорд жамоамизга мос футболчи эмас"  10

Kechagi o'yin haqida ikki og'iz Yangiliklar

Kechagi o'yin haqida ikki og'iz

Kecha bo'lib o'tgan “Paxtakor” va “Navbahor” o'rtasidagi bahs yakuniga etganidan so'ng ko'pchilikning og'zidan uchrashuvdagi hakamlik tushmay qoldi.
O'yinni boshqarib borgan SHerzod Qosimov darhaqiqat o'yin muhitiga kirishib keta olmadi. Uchrashuv saviyasiga nisbatan uning hakamlik saviyasi birmuncha past bo'lib qoldi. Gap chiqarilgan qarorlar, ko'rsatilgan kartochkalarda emas. Gap o'yin ruhiyatini o'qishda va shunga monand boshqarishda.

SHerzod Qosimov o'yinni qanday boshqardi? To'g'risi, bu borada tayinli gap ayta olmayman. CHunki hakamlik bo'yicha mutaxassis emasman. Qolaversa, hakamlarni muhokama qilishni hech qachon yoqtirmaganman. Men futbolni boshqacha ko'raman. Futbolni hamma o'zicha tomosha qiladi. Hakamlar hakamlikni kuzatishadi, kimdir chiroyli gollarni tomosha qilgisi keladi, kimgadir o'yin qanday bo'lishidan qatiy nazar yoqtirgan jamoasi g'alaba qozonsa bo'lgani. Yana kimdir yulduzlarning xatti-harakatini zavq bilan ko'radi, kimdir shunchaki bekorchilikdan tomosha qiladi.

Men o'yinni asosan futbolchilarni deb ko'raman. Murabbiylarning qanchalik zukko, o'yinchilarning qanchalik aqlli ekanligini bilish maqsadida futbol ko'raman. Qaysi o'yinchi menda iliq taassurot qoldirarkin degan niyatda tomosha qilaman. Natijaga va gollarga ko'p ahamiyat bermayman. Men uchun futbolchining 90 daqiqa ichida nimani amalga oshirishi ko'proq muhim. Bundan tashqari, oliy ligadagi har bir bahsni Osiyo chempionlar ligasi va milliy terma jamoamiz darajasi bilan taqqoslab ko'rgim keladi.

Kechagi o'yindagi hakamlik borasida to'xtalish niyatim yo'q. Yaxshisi, nazoratchilar va yoshi katta hakamlarimiz SHerzod Qosimovning ishiga baho berishsin. Men esa futbolchilarning o'yini haqida gapirmoqchiman. Kechagi bellashuv baland saviyada o'tdi deb bo'lmaydi. To'g'ri, “Navbahor” jiddiy qarshilik ko'rsatishga urindi, Baxtiyor Ashurmatov Namanganda yaxshi jamoa tuza olibdi, buning uchun murabbiyga rahmat. Lekin kechagi o'yinni futbolchilarning harakatlaridan kelib chiqib aytsak, “Navbahor”dan milliy terma darajasiga hech kim tortmaydi. Mirjalol Qosimov elon qilgan ro'yxatda “Navbahor”dan bitta futbolchi bor ekan: Azim Ahmedov. Azim akasi Odilga o'xshab o'ynashga harakat qilyapti, biroq tezligi juda past ekan. Buning ustiga abjir emas. Harakatlari juda og'ir. Xalqaro o'yinlarda to'pni olib to burilaman deguncha raqib allaqachon to'pni undan olib qo'ygan bo'ladi.

Yoki bo'lmasa darvozabon Doniyor Usmonovni olaylik. O'tkazib yuborilgan birinchi gol yaqqol uning xatosi. Darvozabon degani sal epchil bo'lishi kerak emasmi? Himoyachilardan Rijko degani ham unchalik kuchli emas ekan. Bir vaziyatda yo'q joydan to'pni burchakka tepib yubordi. SHukur Po'latov esa o'rtacha darajada o'ynadi. Baxtiyor Yoqubovning harakatlari qisman maqul keldi. Mansur Saidov ham chakki emas. Kechagi o'yinni ko'rib Mansur Saidovni olib “Navbahor”ni yaxshi xaridni amalga oshirganiga guvoh bo'ldim. Agar “Bunyodkor” shu futbolchini qo'yib yubormaganida hozir yaxshi bir pleymeykerga ega bo'larkan.

“Navbahor” gol urgan vaziyatni hisobga olmaganda SHahboz Erkinov boshqa payt hech narsa qila olmadi. Unda turtinib-surtinib yorib kiradigan jihatlarni ko'rmadik. Ilhom Boydadaev ham o'rtamiyona futbolchi ekan. Zaxiradan tushgan Otabek Valijonov esa o'zining oddiy o'yinini namoyish qildi. Ko'ryapsizmi, “Navbahor”ni faqat jamoa sifatida maqtasa bo'ladi, lekin alohida o'yinchilar bo'yicha olib qaraganda klub futbolchilarida kamchilik nihoyatda ko'p. Bugungi “Navbahor”dan birgina Mansur Saidovdan tashqari boshqa hech kim OCHLda o'ynab keta olmasa kerak.

Endi “Paxtakor” haqida to'xtalamiz. “Paxtakor” musobaqa karvonboshisi bo'lib turgani bilan jamoa o'yinida qandaydir o'zgarish yo o'sish borligini ko'rmayapman. Jamoaning bitta to'p farqi bilan g'alaba qozonayotgani ham “Paxtakor” o'yini rang-barang emasligidan darak beradi. Futbolni shunday ko'rish kerakki, muxlis uni ko'rganda “Oh” deb yuborsin. Jamoa o'z o'yini bilan muxlis qalbini junbushga solishi lozim. Lekin o'zim ko'rgan o'yinlardan kelib chiqib “Paxtakor” namoyish etayotgan futbol juda oddiy va sodda ko'rinmoqda. Qolaversa, futbolchilarning xatti-harakatida o'sish ko'zga tashlanmayapti.

Masalan, Igor Sergeevni olaylik. Kecha darvozabonning xatosidan foydalanib gol urganini hisobga olmaganda qolgan payt nima qildi? Umuman kechagi g'alabada Sergeevning foydali ish koefficienti (FIK) qanchaga teng bo'ldi? U bir o'yinda bittadan ko'p gol urishi nechta vaziyatga ega bo'lishi kerak? Oltitami yo sakkiztami? Nima uchun Sergeev yarq etib porlamayapti? Buning uchun kim aybdor: hujumchining o'zimi yo murabbiylar shtabimi? Igor Sergeev van Persi bo'lishi uchun darvoza tomon tinmay tahdid solib turishi lozim, u bo'lsa to'pni qabul qilib olgach, nima qilishni bilmay qolyapti.

Jamshid Iskanderov o'yinidagi topishmoq harakatlar qayoqqa yo'qoldi? Nima uchun uning o'yini oddiy bo'lib qoldi? Jamshid nega raqib jarima maydonchasiga yorib kira olmayapti? Jamshid toki ikki-uch futbolchini aldab ichkariga yorib kirishni o'rganmas ekan, chetga keta olmaydi. Oliy ligamiz saviyasidagi futbolchi bo'lib qolaveradi. Odil Ahmedov vaqtida yorib kirishni o'rgangani uchun ham Rossiyaga ketdi. SHuningdek, Vladimir Kozakning o'yinida ham jimjimadorlik yo'q. Osiyo darajasi bilan o'lchaganda hali xom futbolchi ekan.

Akbar Ismatullaevning harakatlari esa g'irt tavakkal. O'xshab qolsa zo'r o'ynaydi. Bo'lmasa xato ketidan xato. Kechagi bellashuvda Akbar ham boshqa jamoadoshlari kabi ajralib turmadi. Aleksandr Merzlyakov birmuncha yaxshi, Davron Hoshimovning o'yini oddiydan sal yuqori. Ammo unda Islom Inomovga o'xshab “portlash” yo'q. Egor Krimec yana uch oy o'zimizda o'ynasin, oliy liga darajasiga tushadi-qoladi. Xitoyga borib mahoratini oshirib kelganidan asar ham qolmaydi.

Umuman olganda, kechagi bahsda hech bir futbolchi alohida ajralib turmadi: “Paxtakor”dan ham, “Navbahor”dan ham. Afsus, kechagi o'yin qaysidir futbolchining yorqin harakatlari bilan emas, uchrashuvdagi hakamlik bilan yodda qoladigan bo'ldi. O'zbek futboli rivojlanishi uchun odamlar o'yindan keyin hakamni emas, qaysidir futbolchining zo'r o'yin namoyish etganini gapirishlari kerak. Yani, munozaraning bosh mavzusiga hakamlar chiqishi kerak emas. Qachonki hakamlarni bir chetga qo'yib futbolchilarning mahoratini, murabbiylarning aqlli taktikasini gapirishni boshlar ekanmiz, mana shundagina o'zbek futboli rivojlanayotganiga guvoh bo'lamiz.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика