Kechagi kun qahramonlari. FOTO
27 dek 2015 13:49
Yangiliklar
Biz ushbu o'yinlarda qahramon bo'lgan futbolchilarni sizlarga tanishtiramiz.

"Stok Siti" - "Manchester Yunayted" 2:0
Qahramon: "Manchester Yunayted" futbolchilarining darvozaga yo'llagan barcha zarbalarini qaytargan Jek Batlend qahramonga aylandi.

"CHelsi" - "Uotford" 2:2
Qahramon: Omadsizlik girdobidan chiqib keta olmayotgan "CHelsi" kecha Diego Kostaning ikkita goli evaziga bir ochkoni qo'lga kiritdi.

"Liverpul" - "Lester" 1:0
Qahramon: APL peshqadami bo'lib turgan "Lester"ni taslim etilishida Kristian Bentekening goli hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

"Manchester Siti" - "Sanderlend" 4:1
Qahramon: "Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne 1ta gol urdi va 2ta golga pas oshirdi.

"Suonsi" - "Vest Bromvich" 1:0
Qahramon: Janubiy Koreya terma jamoasi azosi Ki Son Yon kecha "Suonsi"ga g'alaba keltirdi.

"Tottenxem" - "Norvich" 3:0
Qahramon: "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kecha dublga erishdi va bir yilda gol urish bo'yicha klubning rekordini yangiladi.

"Nyukasl" - "Everton" 0:1
Qahramon: "Everton" safida qahramon bo'lishi mumkin bo'lgan eng so'nggi futbolchilardan biri bu Tom Kleverli edi. Kecha aynan uning goli jamoasiga g'alaba keltirdi.

"Sautgempton" - "Arsenal" 4:0
Qahramon: "Kanonirlar"ning yirik hisobda tor-mor etilishida SHeyn Longning xissasi katta bo'ldi. U Arsen Venger jamoasi darvozasiga 2ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar