Kechagi g'alabadan so'ng Arbeloa nimalar dedi?
26 fev 07:30
Yangiliklar
Kechagi g'alabadan so'ng Arbeloa nimalar dedi?
"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa kechagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Chempionlar ligasidagi hech bir o'yin 90 daqiqa davomida oson kechmaydi, azob chekishga to'g'ri keladi. Raqib yaxshi pressing qildi, biz esa yarim himoyachilar orasidagi bo'sh zonalardan foydalanishni bilmadik. Tanaffusda buni to'g'riladik va o'yinni yaxshiroq o'ynay boshladik. Tchuamenining goli juda muhim bo'ldi. So'nggi kunlarda u haqida gaplashgan edik, Orelen hozir juda yuqori darajada o'ynayapti. Agar u jarima maydoni chizig'igacha etib borsa, ko'p gol uradi. Vinisius alo o'yin o'tkazdi, gol urdi va har qanday imkoniyatda xavf tug'dirdi. U bizning etakchimiz bo'lishi, o'yin uning atrofida qurilishi kerak. Kim bilan keyingi bosqichda uchrashsak ham, bu jiddiy raqib bo'ladi", – dedi u.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar