So’nggi yangiliklar

15:49"Барселона" катта қийинчилик билан олиб келган футболчисини рўйхатдан ўтказолмаяпти  2 15:02Серхио Рамос "Ал Насср"га ўтаётганига ишора қилди  1 14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  0 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  0 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  1 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  35 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  9 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  10 11:21Неймар "Барселона"га қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  9 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  3 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  15 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  5 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5

“Kecha, bugun, ertaga” KASALXONADA! Yangiliklar

“Kecha, bugun, ertaga” KASALXONADA!

Kecha bir tanishimni ko'rgani kasalxonaga bordim, ahvoli ancha og'irlashib qolibdi. Ko'rib rahmim kelib ketdi.
Eh, uni so'nggi marotaba 2008-09 yillarda tetik holatda ko'rgan edim. Oxirgi 5 yilda o'zini ancha oldirib qo'yibdi. SHifokorlarning aytishicha, agar yana bir-ikki yil o'ziga kelmasa, jonlantirish xonasiga olib kirib ketishlari mumkin ekan. O'zi bazo'r gapiryapti. Meni anchadan beri taniganidan bo'lsa kerak, ko'rib quvonib ketdi. Holi bo'lmasa-da, jurnalistligim va oldiga nima uchun kelganimni bilgani uchun yorildi.

– Assalomu alaykum, aka ahvolizni bir qarang, kim sizni shu ko'yga solib qo'ydi?
– Eh nimasini aytasiz muxbir ukam. Tanamning barcha eri zirqirab og'riyapti. Tassavvur ham qila olmaysiz. Yurak, buyrak, nafas olishim og'ir, jigar, oyoq. Faqat ko'rpa to'shagimni yaxshilab berishganini hisobga olmasa, ko'z nurim ham xiralashgan.

– Yuragingizga nima bo'ldi?
– Jahon chempionatini ko'rdingizmi? Gollandiya bilan Meksikani qarang, ularning chempionatini qarang. Men qarib ketdim, yuragim yaxshi ishlashi uchun qonlar tez almashib turishi kerakmi, kerak? Ammo qonim o'zimdan ham battar qarib ketdi. Mana qarang, mening chempionatimda eng yosh degan o'yinchingiz nechaga kirgan? 19 yosh futbolchi maydonga tushib qolsa jar solasiz, lekin undaylari ikki-uchta. Qonim tez-tez almashmasa qaerdan yuragim yaxshi ishlasin? Braziliya butun dunyoga donar. Men ham istayman, chet el chempionatlariga futbolchilarimiz borishini.

– Jigarga nima bo'ldi?
– Aslida jigar kishining organizmida yurakdan-da muhim o'rin tutadi. Lekin menga kerakli dori-darmonlarni berishmayapti. Doriga pul bor, ammo bolalarimni boshidan tarbiya qila olmagan ko'rinaman. Bo'lar-bo'lmasga chet eldan dori olib kelishyapti. Ammo bu dorilardan men davo topish o'rniga ahvolimni og'irlashtirib olyapman. CHetdan kelgan dori bizning mahslotimizdan sifatli va yaxshi bo'lishi kerak, to'g'rimi? Ammo ularga quruq pul sarflaganimiz qolyapti. Bitta bolam bor, ikkita dori opkeldi deng, ikkisini ham saqlash muddati o'tib qolgan.

– Dorining oti nima edi?
–   Legionermetakol, o'zi bitta kasalga uchta dori mumkin. Lekin essiz pul, undan ko'ra o'zimizni tabiiy dori-darmonlar bilan davolanganimda, allaqachon otdek bo'lib ketgan bo'lardim.

– Ozib ketganingizni qarang, bundan bir necha yil avval ancha baqquvat edingiz-a?
– Ha nimasini aytasiz. Ha endi kishi ovqat emaganidan keyin ozib-to'zib ketadi-da. Hozirchi, yaqinda kenjamning to'yi bo'ldi. 300 nafar odam kepti deng. Avvallari 30 ming, 40 ming kishi kelar edi xonadonimga. Eh menga oson deb o'ylaysizmi, ko'rpa-to'shagim bo'lsa bor, uylarim bamisoli koshona. Lekin unga odam kelib hol ahvol so'ramas ekan, eski changi chiqqan uylarimni qo'msayman.

– Balki o'zingizda ham birorta ayb bordir?

–   Ha, bor... (bechora bemorning ko'zlariga yosh keldi). Farzandlarimning hammasi ham adolatli chiqmadi. Vijdonini yo'qotib qo'ydi bir farzandim. Mana uning orqasidan minglab kishilardan gap eshitib yuribman. Yoshligidan pulga o'rgatib xato qilibman. Endi esa o'zim qiynalib o'tiribman. Farzandarimning hammasi ham yomon emas, bor ichida yaxshilari. Mana bitta farzandim hozir jahon chempionatida, shu finalni boshqarsa armonim yo'q edi.

– Qaerda xatoga yo'l qo'ydim deb o'ylaysiz?
–  (o'ylanib turib) Yo'q, xatoga men yo'l qo'ymadim. Men aksincha ular yaxshi o'ssin, kamchiligi bo'lmasini deb yaxshi kiydirib, yaxshi edirdim. Bilmadim, keling meni qiynamang...

– Ko'zimni xira bosdi dedingiz, ko'zingizga nima qildi?
– Yaxshiyam sizlar bor, holimdan xabar olib turasiz. Ammo meni ko'zlarim bilan millionlab odamlar shu putbolni ko'rishlari kerak. Ammo faqat Toshkentni ko'raman. Viloyatlarni ko'ra olmaynman. Men ham oliy ligadagi hamma, ettita o'yinni ko'rsam deyman. Bu ham bir armon-da bolam.

– Uyim zo'r, unim yaxshi deysiz, lekin uyizga kelgan mehmon, bir qultum suv icha olmaydi...
– Endi nima qilay, bolalarimga shu kerakmas dori-yu, bo'lar bo'lmas xarojatlar bo'lsa bo'ldi. Oldin uyimga kelganlarga o'z qo'llarim bilan kabob pishirib berardim. Hamma xursand qaytardi.

– Amaki, siz yaxshilab davolaning, oyoqqa turmasangiz jahon chempionatini orzu qilib yuraveramiz.
–   Rahmat bolam, tan-jonilar sog' bo'lsin, kasal bo'lsam ham meni tashlab ketmaganingiz uchun rahmat.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика