Kaxi Maxaradze: "Men yulduz emasman va doim oddiyligimcha qolaman" (2-qism)
24 jan 2020 17:42
Yangiliklar
Kaxi Maxaradze: "Men yulduz emasman va doim oddiyligimcha qolaman" (2-qism)
Katta suhbat. Kaxi Maxaradze: "O'zbekistonda yana 11 yil jon deb qolgan bo'lardim" (1-qism)
Bugun 11 yildan beri O'zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan mohir yarim himoyachi intervyusining ikkinchi qismini havola etamiz. Suhbatning ikkinchi qismida qisqa savol-javoblar ko'p bo'ldi va bu ham o'quvchilarga qiziq degan umiddamiz.
- Kaxi, Gruziya klublari futbolchilarga qancha maosh to'laydi?
- To'g'risini aytsam, aniq raqamlarni bilmayman. Lekin kuchli jamoalar 5-8 ming dollar to'lashini eshitganman.
- O'zbekistonda legioner eng ko'p qancha pul topishi mumkin?
- Buni hozirgi “Paxtakor”dan so'rash kerak. Menimcha, eng ko'p pulni ular beryapti.
- Sizda eng yaxshi oylik qancha bo'lgan?
- Keling, bu haqda gaplashmaylik. CHunki aytsam boshqalar oldida kulgili summa bo'lib qolishi mumkin.
- SHunchalik pastmi?
- Past emas, lekin baland ham emas. O'rtacha deya qolaylik.
- O'zbek oshxonasi sizga yoqadimi?
- Juda yoqadi. Ayniqsa oshni aytmaysizmi. Yana nima yoqadi? Norin! Oshni har ikki-uch kunda maza qilib eyman. Eng yoqadigani esa toshkentcha to'y oshi.
- Jizzax somsa qalay ekan?
- Aytsam ishonmaysiz, “So'g'diyona”da bir yil o'ynab biror marta Jizzax somsasini eb ko'rmadim. Bilmadim, negadir menga somsa yoqmaydi.
- Ertalab nahorgi oshga borish organizm uchun qanchalik foydali?
- Sportchi sifatida buni tavsiya qilmagan bo'lardim. CHunki xuddi biz kabi organizm ham ishlaydi. Kerak paytda dam oladi, ertalab endi uyg'ongan bo'ladi. Birdaniga kuchli ovaqat eyish oshqozonga botishi mumkin. Men ertalab yaxshisi choy, sariyog' va pishloqni maqul ko'raman. Oshni esa tush payti yoki kechqurun istemol qilgan maqul.
- Taom tayyorlashni bilasizmi?
- Tuxum, sosiska qovurish muammo emas (kuladi).
- Siz uchun eng maqul transport vositasi qaysi?
- Taksi.
- Toshkent ko'chalarida mashina haydaysizmi?
- Yo'q. Mashinam bor, lekin haydashni yoqtirmayman. Ko'proq taksidan foydalanaman.
- O'tgan 11 yil ichida o'zbek tilini qanchalik o'rgandingiz?
- Juda ko'p so'zlarni tushunaman. Faqat gapirishga qiynalaman. Ko'proq oddiy gaplardan foydalanaman.
- Agar ko'chada sizni tanimaydigan inson o'zbekchada murojaat qilsa...
- Men tushunaman. Kimdir birorta joyni so'rashi mumkin, bilsam tushuntirib beraman. O'zbek tili eng ko'p ishlatilgan joy Jizzax bo'ldi. U erda deyarli hamma o'zbekcha gaplashadi. Men esa yanada yaxshiroq o'rgandim.
- Keling, endi qisqa savollarga o'tsak. Telefon yoki kitob?
- Telefon. Telefonda kitob ham o'qisa bo'ladi.
- Futbol yoki kino?
- Futbol. Men ko'p o'yinlarni erinmay tomosha qilaman.
- Mashg'ulot yoki o'yin?
- O'yin. Bir haftalik mashg'ulot o'rnini baribir bitta o'yin bosadi.
- Metro yoki taksi?
- Ikkalasi ham zo'r. Men bolalarim bilan tez-tez metroga tushib turaman. Toshkent metrosi ham juda yoqadi. Metroning havosi baribir boshqacha, odamga xush yoqadi. Toshkent metropolitenidagi 12-13ta bekat nomini yoddan bilaman.
- Oxirgi marta qachon metroga tushdingiz?
- Yangi yil bayramidan oldin. Odatda Yangi yilni o'z Vatanimda kutardim, lekin bu safar Toshkentda nishonladik. Bolalarim kelishdi va ularni metroda sayr qildirdim.
- Lekin kimlardir jamoat transportiga boshqacha qaraydi.
- Faqat shuni aytishim mumkin, sen yulduzmi yo boshqami baribir hamma qatori odamsan. Men hech qachon o'zimga yulduzman, ko'plab sovrinlar yutganman, odamlar menga boshqacha munosabatda bo'lishi kerak deb qaramaganman. Men ham oddiy odamman va buni hech qachon unutmayman. Bu - hayot va undan hamma o'z bilganicha foydalanadi. Metro esa uzoqni yaqin qiladigan jamoat transporti, nega endi foydalanmay.
- O'zbekistonda shuncha yil o'ynab hamma sovrinlarni qo'lga kiritdingiz. O'zingizni yulduz his qilish tushunchasi bo'lmaganmi?
- Hech qachon. Xohlasam uzoq masofagayam piyoda ketaveraman, xohlasam bozorga odamlar orasiga boraman. Men futbolchiman, shu bilan birga oddiy odamman. Hali afsona darajasiga chiqqanim yo'q.
- Faraz qiling, hakam hushtagini chaldi va o'yin boshlandi. O'zingizni qanday his qilasiz?
- G'alabaga kurashuvchan va buning uchun hech nimadan qo'rqmaydigan. Men o'yin payti hech kimni ayab o'tirmayman, hatto tug'ishgan ukamni ham. CHunki doim yutuqqa kurashaman.
- Maydondagi Maxaradze bilan maydon tashqarisidagining farqi bormi?
- Bor. Maydonda jahldorman, o'yindan keyin esa hammasini unutishga harakat qilaman. Kim bilandir tortishib qolsam, o'yindan keyin kechirim so'rashdan uyalmayman. Lekin maydonda jonimni berishga tayyorman. O'yinimni yaxshilab kuzatadiganlar kulib turganimni deyarli ko'rmaydi.
- Hakamlar bilan qanday gaplashasiz?
- Vaziyatga qarab. Bazan jiddiy, bazan quvnoq. Oldin hakamlar bilan ko'p tortishardim, hozir hammasini bosiqlik bilan tushuntirishga harakat qilyapman.
- Qanday oilada o'sgansiz?
- Oddiy. Otam futbolchi bo'lgan. Onam - uy bekasi. Ukam va buvim bor.
- Yulduzlik kasaliga chalinmaslik oiladagi muhitga bog'liqmi?
- Oiladagi muhit tasir qiladi. Lekin ko'proq yon-atrofdagi tanishlaring kimlar ekaniga bog'liq deb o'ylayman. Maktabda, institutda kim bilan o'qiganing ham tasir qiladi. Men hamma bilan bir xil munosabatda bo'lishga harakat qilaman.
- Yana qisqa savolga o'tamiz. Yoz yoki qish?
- Yoz
- Abramov yoki Babayan?
- Bu savolni javobsiz qoldiraman, xafa bo'lish yo'q. (kuladi)
- Siz uchun eng noqulay raqib?
- (Biroz o'ylanib) O'zbekiston chempionatida bunday raqib bo'lmasa kerak. Hamma klublarga qarshi o'ynab hammani yutganman.
- Gol yoki golli to'p uzatish?
- Golli to'p uzatish. Gol ursam xursand bo'laman, lekin golli to'p uzatsam yanada quvonaman. Kubok yarim finalida “Nasaf” bilan o'yinda Bikmaevga juda chiroyli to'p uzatgandim. U gol urganidan keyin men ham xursand bo'lganman.
- Nima uchun bazi yoshlar U-16, U-19 Osiyo yoki jahon chempionatidan keyin birdaniga “yulduz” ushlab olishadi?
- CHunki ular katta futbol hali oldinda ekanini bilmaydi va shu bilan hamma narsaga erishdim deb o'ylaydi. Futbol ham xuddi zina kabi, bittasiga chiqdingmi keyin ikkinchisiga, uchinchisi va to'rtinchisiga chiqishing kerak bo'ladi. SHunday qilib yuqoriga ko'tarilib borasan. Yosh futbolchilarga maslahatim, faqat ishlash kerak. Mehnatdan umuman qochish kerak emas. Futbolda yutuqqa faqat mehnat orqali erishiladi.
- Hozir yoshi kattalar yoshlarga yordam beryaptimi?
- “Paxtakor”da o'ynaganimda Masharipov, Kozak, Iskanderov kabi futbolchilar ancha yosh edi. Kerak paytda ularga ko'p yordam berganman. “Lokomotiv”da Ikrom Aliboevdan o'z maslahatlarimni ayamaganman. Bir gal Ikromga qattiqroq gapirib qo'ygandim. U meni tushunganidan va tanqidni to'g'ri qabul qilganidan xursandman. Mana hozir qaerda o'ynayapti.
- Eldor SHomurodovning o'yinini qanday baholaysiz?
- Juda yuqori. U saviyasi baland hujumchi.
- Eldor o'zimizning chempionatda ham shunchalik kuchli edimi?
- Ha, yaxshi hujumchi edi. Faqat “Rostov”ga borgach o'yini yanada ochildi. Unga bu borada sheriklari va jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpin ko'p yordam berishdi.
- Ektor Kuperning O'zbekistondagi ishini qanday baholaysiz?
- Kuper Gruziya terma jamoasini ham boshqargan, shu bois ozmi-ko'pmi bilaman. Menimcha, terma jamoani futbolchilar mentalitetini juda yaxshi biladigan mahalliy murabbiy boshqargan maqul. CHetdan kuchli murabbiyni olib kelsa bo'ladi, faqat u hamma bilan tarjimon orqali gaplashadi, bu esa muvaffaqiyat uchun etarli emas.
Murabbiy qachonki tarjimonsiz futbolchi bilan gaplashsa o'z maqsadiga erishadi. Klub murabbiyi har doim jamoa bilan bo'ladi va bu borada katta muammo chiqmasligi mumkin. Lekin terma jamoa boshqa masala. Gruziyada ham shunday. Masalan, biz ham Kuper bilan hech narsaga erisha olmaganmiz. Kuchli murabbiylar odatda tayyor jamoaga borishadi. Jamoani boshidan yig'ib shakllantirish uchun mahalliy mutaxassis xizmatidan foydalangan maqul.
- Kuperga O'zbekistonda nima maqul kelmadi deb o'ylaysiz?
- Menimcha, u bu erga kelishdan O'zbekiston haqida eshitmagan. U faqat pulga o'chdi va kelganidan so'ng futbol haqida o'ylay boshladi. U hech kimni tanimasdi, shu bois associaciyadagilar unga kengaytirilgan ro'yxatni berishdi. Kuper esa shu ro'yxatga qarab futbolchilarni chaqirdi. U faqat “Paxtakor” va “Lokomotiv”ning Toshkentdagi o'yinlarini borib ko'rdi, viloyatlarga chiqqanini bilmayman.
- Kuper matbuot anjumanlarida eng ko'p tilga olgan so'z himoya bo'ldi. Yani, eng avval himoyani to'g'rilaymiz deb ko'p gapirdi. Uning fikriga qo'shilasizmi?
- Zamonaviy futbolda jamoani qismlarga bo'lmagan maqul. Muammoni hal qilishni bir xilda olib borish kerak. SHu bois uning fikriga qo'shilmayman. Kuper Gruziyada bir yarim yil ishladi, hech narsa yutmadi, jamoani guruhdan olib chiqmadi va keyin bo'shab ketdi.
- Toshkentga endi kelganingizda uylanganmidingiz?
- Ha. Men 19 yoshda uylanganman. Uydagilar majburlagan deya olmayman. O'zim shuni xohlaganman. Xotinim bilan yoshlikdan tanishmiz. Maktabda birinchi sinfdan birga o'qiganmiz. Hozir ikkita o'g'lim bor. Katta o'g'lim Mate basketbolga qatnardi, hozir darvozabon bo'lmoqchi. Kichigi Andrea bir yarim yildan beri futbol bilan shug'ullanyapti.
- Yana qisqa savol. VAR yoki VARsiz futbol?
- Menga VAR umuman yoqmadi. CHunki bu texnologiya futbolni robotlashtirib qo'ydi. Futbol nimasi bilan go'zal? Gollari va xatolari bilan. Hozir esa gol urdingmi xursand bo'lishni bilmaysan. CHunki kiritilgan to'p VAR tufayli bekor qilinishi mumkin. Natijada o'yindagi ehtiroslar kamayib ketyapti.
- Qaysi klubda faoliyatingizni tugatgan bo'lardingiz?
- Menga qolsa jon deb “Lokomotiv”da tugatgan bo'lardim. CHunki bu klub men uchun juda qadrdon bo'lib qolgan.
- O'zbekiston chempionatida siz ko'rgan eng kuchli uch nafar legioner kim?
- Birinchisi - Rivaldo. Bunga shubha yo'q. Ikkinchisi - Boyan Miladinovich. Uchinchisi esa (biroz o'ylanib...) albatta, men.
- Uch nafar eng yaxshi mahalliy futbolchi?
- Ular juda ko'p. Deyarli barcha futbolchilar bilan shaxsan tanishman. SHu bois kimnidir aytsam, boshqasi kimdir esimdan chiqib qolishi mumkin. Yaxshisi bitta futbolchini aytaman, bu - Eldor SHomurodov.
X.Xoliqov suhbatlashdi.
Fikrlar