Kavdanski va SHandruk "Olmaliq" ko'rigida
01 fev 2014 19:04
Yangiliklar


Kavdanski va SHandruk "Olmaliq" ko'rigida
Poytaxtda o'quv-mashg'ulotlarini o'tkazayotgan jamoamiz tarkibiga ko'rikdan o'tish uchun yana ikki legioner qo'shildi.
Bolgariyalik Martin Kavdanski hamda ukrainalik Oleg SHandruk markaziy himoyachi ampluasida harakatlanishadi. Har ikki futbolchi hozircha ko'rikdan o'tadi. SHuningdek, mashg'ulotlarda 22 yoshli himoyachi Umid Zufarov ham qo'shilgan. U o'tgan mavsumda birinchi liga vakili Buxoroning "Spartak" jamoasi sharafini himoya etgan.
Jamoamiz navbatdagi nazorat o'yinini 3 fevral kuni "Buxoro" jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin CHilonzordagi suniy qoplamali maydonda o'tishi rejalashtirilgan.
Jamoamiz navbatdagi nazorat o'yinini 3 fevral kuni "Buxoro" jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin CHilonzordagi suniy qoplamali maydonda o'tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar