Kavanining “Benfika”da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi

21 avg 2020, 09:52
Urugvaylik hujumchi Lissabon klubi a'zosiga aylanadi.

Qayd etilishicha, Edinson Kavani “Benfika” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Urugvaylik 33 yoshli futbolchi 24 avgust kuni tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Lissabonga yetib boradi. Kavani “Benfika” bilan 3 yillik bitim imzo chekadi. U klubda yiliga 10 mln evro maosh oladi.

2019/20 yilgi mavsum Kavani Liga 1 doirasida PSJ safida 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia