Kavani MYU rahbariyatini tanqid qildi
03 sen 2021 23:31
Yangiliklar
Kavani MYU rahbariyatini tanqid qildi
"Manchester Yunayted" forvardi Edinson Kavani klub rahbariyatining uni milliy terma o'yinlariga qo'yib yubormagani haqida gapirdi.
"Bazida turnir yoki liga tashkilotchilarining g'alati qarorlariga duch kelib qolamiz. Ular futbolchining termaga ketishi yomon holat deb hisoblashadi.
Termada o'ynab boyib ketganimiz yo'q. Har bir futbolchining terma tarkibida o'ynashi ruxiy qarzdir. Biz termada o'ynab, pul olmaymiz, shunchaki mamlakatimiz bayrog'i ostida o'ynash - biz uchun faxr", - dedi Kavani.
Fikrlar