So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  1 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  12 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  80 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Katta ishlardagi birinchi qadam: A Seriya ilk turi prevyusi Yangiliklar

Katta ishlardagi birinchi qadam: A Seriya ilk turi prevyusi

Italiya chempionatining 1-tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi.

"Milan" mavsumni g'alaba bilan boshladi

Amaldagi chempion uchun o'yin biroz qiyin boshlandi. 2-daqiqadayoq Deulofeu burchakdan ajoyib uzatma berdi, Bekao esa uni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. "Milan" hisobni darhol tenglashtirishi mumkin edi: Rebichning zarbasidan keyin Kalabriya to'pni darvoza tomon yo'lladi, ammo mehmonlar himoyachisi zarbani qaytardi. Takroriy videoda to'p uning qo'liga tekkani malum bo'ldi va penalti belgilandi. To'p yoniga borgan Teo imkoniyatdan unumli foydalandi. "Milan" yana hujumga uyushtirdi va 4 daqiqadan so'ng hisobda oldinga o'tib oldi. Kalabriyaning qanotdan bergan pasidan so'ng, Rebich ajoyib zarba bilan gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHundan so'ng, o'yin biroz tinchlandi va "Udineze" to'pga ko'proq egalik qildi. "Kichik zebralar" 1-taymning qo'shimcha vaqtida yana gol urishdi. Pereyraning qanotdan havolatib bergan uzatmasini Masina uzoq burchakka joylab qo'ydi.

Agar ikkinchi taym boshida Masina xatoga yo'l qo'ymaganida, ehtimol barchasi boshqacharoq bo'larmidi?! Teoning uzatmasidan keyin uning to'pni qaytarishda beo'xshov harakatidan keyin Braim Dias darvozabon maydonchasi chizig'idan zarba yo'llab, gol urdi. "Milan" hujum qilishda davom etdi, avvaliga Teo xavfli zarba berdi, ammo mo'ljalda biroz adashdi. Ko'p o'tmay, Dias yana raqib himoyasini xato qilishga majbur etdi. U himoyachidan to'pni olib qo'yib, Rebichga uzatdi, xorvatiyalik esa mo'ljalda adashmasa bo'lgani edi. Qizig'i, "qizil-qoralar" yana bosim qilishdi, biroq hisob boshqa o'zgarmadi.


"Inter" "Lechche"dan g'alabani tortib oldi

"Inter" bu uchrashuvda hech qanday muammoga duch kelmaydigandek tuyulgandi va dastlab shunday ham bo'ldi. Dimarko havodan pas berdi, Darmian uni Lukakuga o'tkazdi, Romelu esa hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Lekin shundan keyin o'yin nafaqat tinchlandi, balki to'xtab qolgandek bo'ldi. Faqatgina Xandanovich Strefeccaning zarbasini qaytargan vaziyatni yodga olish mumkin. "Inter"ning hujumlari esa umuman o'xshamadi.

Ammo ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan "Inter" ochiq hujumga o'tdi. Di Franchesko bir pallada to'pni Sisseyga oshirdi, u esa raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdi. "Lechche" oldinga o'tib olishi mumkin edi, Bistrovichning jarima zarbasidan bergan xavfli zarbasini Xandanovich qaytardi. "Inter"da ham imkoniyatlar bo'ldi, Dumfris qanotdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba berdi, lekin to'p darvoza ustuniga tegdi. "Qora-ko'klar" tempni oshirishdi. Lukaku va Lautaro gol urishga yaqin edi, ammo ikkisida ham kiper jamoasiga pand bermadi. Uchrashuv durang bilan yakun topadigandek edi, ammo oxirgi daqiqalarda Brozovich burchak to'pi tepdi, Lautaro to'pni Dumfrisga oshirdi, u esa darvozabon maydonchasi chizig'idan gol urishga muvaffaq bo'ldi.


"Yuventus" "Sassuolo"ni mag'lub etdi

O'yin anchagina yuqori tempda boshlandi. Qanotdan havolatib oshirilgan to'pga Defrel xavfli zarba berdi. Biroq asta-sekin tashabbus mezbonlar qo'liga o'ta boshladi. "Yuventus" dastlabki golni 26-daqiqada rasmiylashtirdi: Aleks Sandroning uzatmasidan keyin Anxel Di Mariya ideal tarzda zarba berib, darvozabonga imkon qoldirmadi. "Yuventus" bosim o'tkazishda davom etdi va vaziyatlar yaratdi. Vlaxovich Daniloning pasidan keyin xavfli zarba berdi. Uning o'zi taym oxirida jarima maydonida yiqitilganida, epizod qahramoniga aylandi. Serbiyalik forvard to'p yoniga keldi va hisobdagi farqni oshirdi. "Sassuolo"ning esa hujumda ishlari unchalik o'xshamadi. 

Tanaffusdan so'ng, "Yuventus" bosim qilishda davom etdi va ko'p o'tmay, bu o'z natijasini berdi. Di Mariya Vlaxovichga ajoyib pas berdi, u esa bir urinishda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Afsuski, birozdan so'ng argentinalik jarohat olib, o'yindan chiqdi. SHundan keyin bahs tinchlangan bo'lsa-da, "Sassuolo" bir qator vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Ayniqsa, yangi o'yinchi Pinamonti boshqalardan ajralib turdi. Biroq Perin ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Tablodagi hisob boshqa o'zgarmadi. "Yuventus" o'tgan yildan farqli o'laroq, mavsumni ishonchli g'alaba bilan boshladi.


"Napoli" "Verona"ni tor-mor etdi

Uchrashuv "mastiflar" uchun juda yaxshi boshlangandi. Burchak to'pidan so'ng, Gyunter to'ni Lasanyaga oshirdi, u esa darvozabon jarima maydonchasi chizig'idan to'pni to'rga yo'lladi. SHundan keyin "partenopeylar" keskinroq o'ynay boshlashdi va bu o'z mevasini berdi. Lozano jarima maydonchasi qanotidan pas berdi, jamoaning yangi vakili Xvicha Kvaracxeliya esa to'pni ehtiyotkorlik bilan boshi bilan burchakka joylab qo'ydi. "Napoli" vaziyatlar yaratish va bosim o'tkazishda davom etardi, ammo bu uzoq vaqtgacha natija bermadi. Lekin baribir jamoa tanaffusga ko'tarinki kayfiyat bilan chiqib ketdi. Burchakdan oshirilgan to'pni Di Lorenco yana oldinga tashlab berdi, Viktor Osimxen esa gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Tanaffusdan so'ng, "Verona" hujumga o'tdi va hisobni tenglashtirishga erishdi. Faraonining pasi ajoyib chiqdi, "mastiflar"ning yangi futbolchisi Anri ajoyib sakrab, to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Kulibalisiz qolgan "Napoli" himoyalanishda malum qiyinchiliklarga duch kelayotgani sezilmoqda. Hujumda tempni oshirish kerak edi va bu amalga oshdi. Xvicha Zelinskiga pas berdi, u esa birga-bir vaziyatda yaxshi harakat qilib, posbonning yonginasidan to'pni o'tkazib, gol urdi. "Napoli" mezbonlar himoyasini tekshirib, hujum qilishda davom etdi. Lobotka markazdan oldinga o'tib borib, to'pni darvoza burchagiga joylab qo'ydi. Ammo bu hali hammasi emasdi, Spallettining o'yinchilarni almashtirishi ham yana ish berdi. Politano maydonga tushganidan 3 daqiqa o'tib, Osimxen bilan devor uslubida o'ynadi va uzoq burchakni aniq mo'ljalga oldi. Uchrashuv oxirlarida u yana gol urdi, ammo ofsayd sababli gol inobatga olinmadi.


"Sampdoriya" "Atalanta"ga yutkazdi 

Bergamoliklar o'yinni ancha faol boshlashdi. Sapata bahs boshida yaxshigina imkoniyatga ega bo'lgandi, biroq to'pni keragidan ortiq qattiq tepib yubordi. "Sampdoriya" ham gol urishi mumkin edi: Jurichichning uzatmasini Kaputo to'g'ri darvoza joylab qo'ydi. Ammo bungacha qoidabuzarlik sodir bo'lgandi va gol hisoblanmadi. "Atalanta" o'yin nazoratini qo'liga oldi va qattiq bosim o'tkaza boshladi. Xateburning pasini Melle darvoza ustuniga qarab yo'lladi. Lekin baribir mehmonlar gol urishga erishishdi. Sapata jarima maydoniga to'pni oshirdi, Pashalich boshi bilan to'pni yanada oldinga o'tkazib berdi, Toloi esa yaqin masofadan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Tanaffusgacha boshqa aytarli voqea bo'lmadi.

Jamoalar 2-taymni boshlashdi, lekin o'yin uslubi o'zgarmadi: "Atalanta" vaziyatlar yaratdi, "Sampdoriya" imkon berilishini kutdi. SHunday imkoniyatlardan birida Sabiri jarima zarbasidan ustunni nishonga oldi. Kvalyarella qanotdan uzatilgan to'pga zarba berdi, lekin unga aniqlik etishmadi. Qaysidir pallada mezbonlar shturm uyushtirdi. Qizig'i, "Sampdoriya" futbolchilari bu vaziyatlarning aksariyatida davrozani aniq nishonga ola bilishmasdi. O'yin oxirida esa Gasperinining o'zgartirishlari ish berdi. Malinovskiy hujumni boshlab, to'pni Lukmanga oshirdi, Ademola esa aldamchi harakatdan keyin to'pni darvozaga joylab qo'ydi va yakuniy hisobni o'rnatdi.

SHuningdek, "Torino" "Monca"dan kuchliroq, SHomurodov maydonga tushirilmagan uchrashuvda "Roma" "Salernitana"ni mag'lub etdi, "Lacio" "Bolonya"ni ortda qoldirdi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика