So’nggi yangiliklar

18:55"Нефтчи" – "Насаф" баҳсида қаршиликлар футболчисини четлатиш учун асос бўлмаган — Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  0 18:24"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 17:58"Реал" "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради  9 17:31Салоҳ: "Деярли декабрь бўлди ва мен клубда қолиш учун бирорта ҳам таклиф олмадим"  3 17:05Рубен Аморим: "Кейинги йил ҳам шу босқичда худди шу муаммолар билан қоламиз ёки ҳозир бошлаб, бироз таваккал қиламиз"  5 16:42"Манчестер Сити" Англия терма жамоасининг 20 ёшли футболчисига қизиқмоқда  0 16:16Италия терма жамоаси собиқ ҳужумчиси миллий федерацияни бошқариши мумкин  1 15:49Куртуа "Реал" сафидаги юбилей "қуруқ" ўйинини ўтказди  0 15:22Футбол тарихидаги энг яхши 10 нафар сардор  25 14:55ПСЖ португалиялик футболчиcини ўзида сақлаб қолмоқчи  0 14:13Тома Табатадзе "Навбаҳор" билан хайрлашди  9 13:45U-17 Жаҳон чемпионатида Осиёдан 9 та жамоа! Бу қандай бўлади?  5 13:27Мутахассис нигоҳи - "Футболни алдаб бўлмайди, кам бюджет билан ҳам яхши жамоа қилиш мумкин"  5 13:01"Барселона" Влаховични Левандовскининг вориси сифатида кўрмоқда  7 12:35Абдусалом Азизов ЎФАдаги фаолиятини давом эттирадими?   22

Katta intervyu. Aleksandr Krestinin: "Qirg'iziston chempionatini erga urmang" Yangiliklar

Katta intervyu. Aleksandr Krestinin: "Qirg'iziston chempionatini erga urmang"

Yakuniga etgan Osiyo Kubogida Qirg'iziston terma jamoasi yaxshi ishtirok etdi.

Yon qo'shnilarimiz uchinchi o'rin bilan bo'lsa-da guruhdan chiqa olishdi va musobaqaning 1/8 finalida mezbon BAA terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi. SHunda ham BAA bilan tengma-teng kurashib 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Osiyo Kubogi nihoyasiga etganidan so'ng terma jamoa ustozi Aleksandr Krestinin sportbox.ru saytiga katta intervyu berdi.

- Bir tomondan pley-offga chiqish, ikkinchi tarafdan esa mag'lubiyat. Qirg'izistonda sizni qanday kutib olishdi?
- Xuddi biz Osiyo Kubogini yutgandek. Musobaqadan oldin oldimizga Osiyoning kuchli jamoalariga qarshi tengma-teng kurashish vazifasi qo'yilgandi. Butun mamlakat bizga muxlislik qildi. 

Har bir g'alabadan qanchalik xursand, mag'lubiyatdan shunchalik xafa bo'ldik. Eng muhimi, Qirg'izistonda futbol borligini barchaga ko'rsata oldik. Bu xuddi Rossiya terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini eslatib yubordi. Qirg'izlar o'z milliy terma jamoalari bilan faxrlanishadi. 

- Bundan chiqdi, Qirg'iziston terma jamoasidan maksimal natija kutish yo'qmi?
- Bor. Lekin bir yodga oling, baribir Xorvatiya bilan o'yindan keyin Rossiya terma jamoasi poliziga tosh otganlar bo'ldi-ku. Hammasi qanday qabul qilishingga bog'liq. Kurashda yutqazdingmi yo shunchakimi. Oxirigacha harakat qildingmi, g'alaba uchun hamma chorani qo'lladingmi. Qirg'izistonda ham jangovor sifatlarni qadrlashadi. 

- Aeroportda jamoani qanday kutib olishdi?
- Qirg'iz xalqi juda mehribon va bag'rikeng. Bu erda bayram qilishni yaxshi ko'rishadi. Aeroportdan chiqqanimizda maydonda shu qadar odam ko'p ediki, hatto Yangi yilda ham bunchalik yig'ilmaydi. O'ziyam kutilmagan uchrashuv bo'ldi. Umuman begona kishilar telefon raqamimni qaerdandir topib qo'ng'iroq qila boshlashdi. SMS xabarnomalar keldi, unda siz uchun qo'y so'yib kechki ovqatga taklif etishga tayyormiz kabi yozuvlar bor edi. 

- Rasmiy tadbir ham o'tkazildimi?
- Bizni shaxsan mamlakat prezidenti qabul qildi. Yigitlarga ism-familiyasi tushirilgan soat sovg'a qilishdi. Menga hukumatning eng yuqori mukofotini berishdi, yani "Danaker". Bunday mukofotga loyiq insonlardan Sergey Lavrov, Dmitriy Medvedev, Yozef Blatter, Sergey SHoyga, Rejeb Erdo'g'an kabilar bor. SHunday buyuk insonlar bilan bir qatorda bo'lishning o'zi baxt. 


- Qirg'izistonda futbolchilar terma jamoaga qanday tayyorlab boriladi? Axir u erda ichki chempionat saviyasi Osiyo darajasidan ancha past-ku. Jiddiy raqobat ham yo'q.
- Terma jamoaning 70 foiz azosi qirg'iz klublarida o'ynaydigan futbolchilardir. To'g'ri, Qirg'iziston futboli saviyasi u qadar yuqori emas. O'zim bir yarim yildirki qirg'iz futbolining bayroqdor jamoasi "Dordoy"ni boshqarib kelyapman. Eng ko'p nomzod ham shu klubdan chaqirilgan. Bu odatiy amaliyot. 

Haftalik mashg'ulotlar va ish tajribasi orqali futbolchilarni xalqaro o'yinlarga tayyorlashga to'g'ri kelyapti. Biz kam kuch sarflab ham chempion bo'lishimiz mumkin. Lekin men yigitlardan doim xalqaro o'yinga hozirlik ko'rgandek har bir mashg'ulot va o'yinga jiddiy munosabatda bo'lishlarini talab qilaman. Hamma borini berib ishlaydi. 

- Terma jamoani sizdan oldin boshqargan murabbiy Qirg'iziston chempionatini Rossiya birinchi ligasi bilan taqqoslagandi. U haqmi?
- Agar jamoalarning o'rtacha saviyasini olsak, albatta Rossiya birinchi divizioni bilan raqobat qilsa bo'ladi. Lekin bemalol ular bilan jiddiy kurasha olamiz. 

Masalan, Turkiyada o'tkazilgan yig'inda biz Rossiya Kubogi finalchisi "Avangard" bilan o'ynagandik. O'yinning ikkinchi taymida ruslar o'z jarima maydonchasi ichidan chiqa olmay qolishgan, atigi ikki marta darvozamiz tomon kela olishgandi. 

- Qirg'iziston oliy ligasida nechta jamoa o'ynaydi?
- Sakkizta jamoa to'rt davrali tizimda o'ynaydi. SHuningdek, mamlakat Kubogi uchrashuvlari ham bor. Terma jamoa o'yinlarini qo'shib hisoblaganda har bir etuk futbolchi yil davomida 40-45ta uchrashuv o'tkazadi. 


- Osiyo Kubogidan oldin siz Anton Kochenkovni saralash o'yinlariga chaqirishdan mani yo'q, lekin final bosqichida uning yordami kerak bo'ladi degandingiz. Yakunda esa uni terma jamoa ro'yxatida ko'rmadik. Nega?
- Anton bilan doim aloqadaman. U bilan munosabatimiz yaxshi. Men unga Osiyo Kubogida katta yordaming tegadi deb aytgandim. Lekin Anton menga "Lokomotiv" asosiy tarkibidan joy olish uchun klub mashg'ulotlarida ko'proq ishtirok etishi kerakligini aytdi. 

U o'z faoliyatini yo'lga qo'yishga harakat qilyapti va bu o'rinda xalaqit bermoqchi emasman. Uning qarorini normal qabul qildim. Agar u Qirg'iziston terma jamoasida bitta o'yinda maydonga tushsa bo'lgani Rossiyada uni legioner deb hisoblaydilar. Rossiyada legionerlarga bo'lgan cheklov bizga xalaqit beryapti. Men Antonga omad tilab qolaman. 

- Xitoy bilan kechgan bahsda Pavel Matyash o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan vaziyatda Kochenkovni esladingizmi?
- Yo'q, albatta. Pashani qo'llab-quvvatladim. Ammo bu men ko'rgan gollar ichida eng g'alatisi bo'ldi. Qanday qilib shunaqa gol o'tkazib yuborish mumkin, hech tushunmayman. Matyash qo'llari bilan to'pni ushlab oldi va darvoza ichiga o'zi kiritib qo'ydi. 

Uning harakatida mantiq topish juda mushkul. Afsuski, bu Osiyo Kubogidagi ishtirokimizga tasir qildi. Lekin tan olish kerak, Matyash uch yil jamoani elkasida ko'tarib yurdi. Bunday qiliq esa har kim bilan ro'y berishi mumkin. Filimonovni bir yodga oling. 

- CHetda yashayotgan qirg'izistonliklar sizga murojaat qilishgani rostmi?
- Amekrika va Evropada yashaydigan yigitlar kelishdi. Ulardagi ishtiyoqni tushunib turibman. Futbolchi terma jamoada o'ynab keyinchalik klubda yaxshi shartnomaga ega bo'lishni xohlaydi. Lekin biz hali hech kimni olganimiz yo'q. Qolaversa Qirg'iziston chempionatini erga urmang. Bu erda bir oyoqli futbolchilar yo'q. 

- Qirg'iz futbolining alohida jihati nimada?
- Deyarli barcha qirg'izlar genetik tomondan baland bo'yli emas. Baquvvat o'yinchilar ham kam. Lekin juda tezkor, egiluvchan, mehnatkash va borini beradigan o'yinchilar. SHu bois ham ularga kombinacion futbol o'ynashni o'rgatyapman. To'p har doim bizda bo'lishi  kerak. Fizika va texnika qirg'izlarga ko'proq erdan o'ynash imkonini beradi. 


- Siz to'satdan murabbiy bo'lib qolganingizni aytgandingiz. Klubga o'yinchi sifatida kelgansiz, biroq jarohat tufayli futbol o'ynashni to'xtatgansiz va murabbiylikni boshlagansiz. Hatto licenziyangiz bor edi. Vaziyatdan chiqib ketish uchun shunday qilganmisiz?
- SHunday desa ham bo'ladi. Kam pul topganim uchun majburlikdan hamma ishga qo'l urishni xohlardim. Faoliyatimni tugatish niyatida emasdim, ammo jarohat rejalarimga o'zgartirish kiritishga sababchi bo'ldi. 

Davolanib bo'lgach o'yinchi-murabbiy sifatida bir-ikkita uchrashuvda ishtirok etdim. Hatto gol urdim. Futbolni tugatgach murabbiy bo'lib ishlamoqchi edim. Ananaviy yo'lni tanlagandim. Dastlab Krasnodar akademiyasida ishlayman, uyog'i esa qanday ishlashimga bog'liq derdim. Ammo 30 yoshda murabbiy bo'lish umuman xayolimga kelmagandi.

- Yakunda "Dordoy" bilan ilk mavsumdayoq chempion bo'ldingiz. Bu mo'jizami?
- To'g'risini aytsam, bu qanday ro'y berganini haligacha tushunmayman. O'ylaymanki, futbol tili bilan aytganda bu to'liq mening xizmatlarim tufayli yuz berdi. O'shanda moliyaviy masalalarni hal etishda yordam bergan, homiylardan oylik pullarni olishni uddalagan, infratuzilmani ko'targan, o'yin kuni osh o'rniga xamirli ovqat eyishni futbolchilarga singdira olgan klub bosh menejeri Mederbek Sidiqov ikkalamiz qanday katta ishni bajarganimizni hozir ham tushunib etmayman. Men yangi ishimga nihoyatda masuliyat bilan
qaragandim. 

- Endilikda siz Qirg'izistonda milliy qahramonsiz. Nimanidir o'zgartirish qiyin bo'ladimi?
- Agar takliflarni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, Osiyo Kubogiga qadar ham variantlar bor edi. Asosan Osiyoning o'zidan. Menga hozir Qirg'izistonda yashash va ishlash juda qulay. Qani ko'ramiz, keyinchalik nima bo'lar ekan. Aytgancha, o'tgan yil Rossiya birinchi ligasidan taklif bo'lgandi. Klub Premer-ligaga harakat qilayotgandi. 

Agar borganimda hozirgi maoshimdan 10 marta ko'p olardim. Juda ko'p o'yladim. Lekin Qirg'iziston futbol federaciyasi rahbariyatiga terma jamoani Osiyo Kubogiga olib boraman deb vada berib qo'ygandim. Menga ishongan odamlarni tashlab ketishni istamadim. Natijada ishimni oxirigacha bajardim. 

- Krasnodardan taklif bo'lmadimi?
- Bu - mening ona shahrim. Qachondir "Krasnodar"ni boshqarishni xohlayman. Lekin hozir bu amalga oshadigan ish emas. Klubda mening yaqin do'stim Murod Musaev juda yaxshi ishlayapti. Biz anchadan beri bir-birimizni bilamiz. O'ylaymanki, bu yil unga chempionlikni qo'lga kiritish nasib etadi. Lekin hech qaysi klubga yordamchi murabbiy bo'lib borish niyatim yo'q.


- Qirg'izistonda o'rtacha oylik qancha?
- 1000 dollar. Top futbolchilar 2000 dollargacha olishlari mumkin. Juda kulgili, to'g'rimi? Lekin yashasa bo'ladi. Boshqa Osiyo mamlakatlarida esa 8000-10000 dollar atrofida maosh olishyapti. SHu bois ko'pchilik ketib qolyapti. O'ylaymanki, tez orada bu vaziyat o'zgaradi. Terma jamoa natijalari bunga sabab bo'lishi kerak. Masalan, mamlakat prezidenti terma jamoa uchun alohida stadion qurib berishga vada berdi. 

- Siz hech qachon top klublarda o'ynamagansiz. Hech futbol men uchun emas ekan degan xayolga borganmisiz?
- Aslo. Men doim o'z saviyamni baholay olganman. Oliy ligada o'ynab ketishga ko'zim etardi. To'g'ri, Egor Titovdek to'p tepa olmasdim. Ammo o'rtamiyona klublarda o'ynay olardim. 

- Lekin...
- Lekini shundaki, Rossiyada yaxshi agentsiz yuqoriga ko'tarila olmaysan. Avvaliga Konstantin Sarsaniya men bilan ishlamoqchi bo'lgandi. U o'shanda endi agentlik faoliyatini boshlagandi. Men birinchi ligada qatnashuvchi Krasnodarning "Kolos" klubida o'ynardim. 16 yoshda edim va tez-tez asosiy tarkibda maydonga tushardim. 

Sarsaniya meni "Bryugge"ga o'tkazishi mumkin edi, lekin "Kolos" qo'yib yuborishni xohlamadi. O'zim keta olmasdim. Natijada klub inqirozga yuz tutdi, Sarsaniya esa ketib qoldi. SHundan so'ng menga yaxshi agentlar duch kelmadi. Agar Belgiyaga ketganimda hammasi boshqacha bo'larmidi. 

- O'z intervyularingizdan birida Yuriy Jirkov futbol oilasidan emas deb aytgansiz. Keyinchalik yana shunday futbolchini uchratdingizmi?
- To'g'risini aytsam, men o'sha gaplarni jurnalist bosib chiqarishi uchun aytmagandim. Intervyu chiqqach Yuriy telefon qo'ng'iroqlarimga javob bermay qo'ydi. Undan bu malumot matbuotga chiqib ketgani uchun uzr so'ramoqchi edim. Afsuski, hozir ham gaplashmaymiz. 

Boshqa odamlar haqida gapiradigan bo'lsam, men Aleksandr Saenko bilan birga katta bo'lganman. U juda iqtidorli futbolchi edi. Ammo oilasi ko'p ichardi. Bu esa Sashaga tasir qilmay qolmadi va ko'p marta tushkunlik holatiga tushib qoldi. 


- O'sha intervyuda "Krasnodar" akademiyasining siyosati yoqmaydi degansiz. SHuni tushuntirib bersangiz?
- Infratuzilma va boshqaruv bo'yicha etiroz yo'q. Lekin serbiyalik rahbar Aleksandr Maryanovich qo'llayotgan ish uslubiga qo'shilmayman. Ko'plab iqtidorli mahalliy futbolchilar o'ynab keta olmadi. Ko'pchiligini shaxsan o'zim ham taniyman. Agar ular bilan alohida ishlanganida portlab chiqishlari mumkin edi. 

"Krasnodar" akademiyasi o'zi qo'llayotgan metodika bilan yoshlarni tarbiyalab bera olmayapti. Klub Rossiyaning istalgan nuqtasidan futbolchi olishi mumkin. Akademiyada selekciya va skauting tizimi juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Lekin tarbiya yaxshi emas. Krasnodarlik bolalar qani? SHuning uchun aytyapman, serbiyalik yaxshi menejer, lekin murabbiy emas. 

SHu bois ham ko'pchilik yosh murabbiylar akademiya tanlagan yo'ldan chiqa olmaslik natijasida o'smay qolishdan qo'rqib boshqa klublarga o'tib ketishyapti. U erda boshqa chorasi yo'q yoki yuqoridan buyruq olishni xush ko'ruvchilargina uzoq ishlaydi. "Spartak", CSKA, "Lokomotiv"da bu borada ish umuman boshqacha yo'lga qo'yilgan. 

- Misol keltirsangiz.
- Serbiyalik mutaxassis akademiya tarbiyalanuvchilari bir oy faqat jarima zarbalarini tepish bilan mashg'ul bo'lish kerakligini aytdi. Buning natijasida tanlov o'tkaziladigan bo'ldi. Jarima to'plarini amalga oshirish kerakmi? Ha, kerak. Gap bo'lishi mumkin emas. 

Lekin boshqa murabbiy o'yladiki, uning ikki nafar markaziy himoyachisi jarimani tepa olmaydi. Ular boshqa jihatdan kuchli. SHunda murabbiy kelinglar yaxshisi siz bilan to'pni uzoq masofaga oshirishni mashq qilamiz deydi. SHunday qilsa, himoyachilarga yaxshi bo'ladi. Axir o'yin paytida baribir jarima to'pini boshqalar tepadi. Buni esa serbiyalik ko'rib qoladi va o'sha murabbiyga 10 ming rubl jarima soldi. 

Kimga uning metodikasi yoqmasa, marhamat ketishi mumkin. Boshqa akademiyalarda bunday uslub yo'q. To'g'ri, "Spartak" maktabida to'p bilan muomalaga juda katta etibor beriladi, lekin bu ham murabbiyning qarashiga bog'liq. "Krasnodar"da hamma serb nima desa shuni bajarishi shart. U murabbiylarga qarab sizlar ishlayveringlar, siz uchun ham men o'ylayman deydi. Bu esa noto'g'ri.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика