So’nggi yangiliklar

00:42БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" иккита қизил карточка кўрсатилган ўйинда мағлуб бўлди, Ғаниев тўлиқ ўйнади  0 00:36АПЛ. "Манчестер Сити" — "Ньюкасл" 0:0 (матнли трансляция)  0 00:33"Пахтакор" янги мавсум учун қайдномасини эълон қилди: Мозговой 10-рақамда тўп тепади  2 00:28А Серия. "Интер" меҳмонда "Лечче"ни мағлуб этди ва ўн очколик фарқ билан жадвалда етакчи бўлиб турибди  3 00:25Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди  68 00:18ПСЖ — "Мец". Таркиблар маълум  0 00:03"Атлетико" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  1 23:46"Манчестер Сити" — "Ньюкасл". Таркиблар маълум  11 23:13"Ал Ҳилол", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Насср" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 22:42SofaScore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баллга лойиқ кўрилди?  3 22:26"Қизилқум" Тожикистон клуби билан дуранг ўйнади  2 22:20АПЛ. "Челси" аутсайдерга қарши ўйиннинг сўнггида ғалабани қўлдан бой берди, "Астон Вилла" эса сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутилиб қолди  7 21:32"Осасуна" — "Реал". Таркиблар маълум  8 21:05А Серия. Фабрегас қўл остидаги "Комо" меҳмонда "Ювентус"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  20 20:54"Навбаҳор" собиқ ҳимоячиси Қозоғистонда  0

IMHO: Katanecga akademiyalarni ham ko'rsatish kerak! Yangiliklar

IMHO: Katanecga akademiyalarni ham ko'rsatish kerak!

18 avgustdan 19 avgustga o'tar kechasi Srechko Katanec O'zbekistonga etib keldi.

U kelganidanoq futbolimiz kishilari bilan "Bunyodkor" va "JAR" stadionlarini borib ko'rdi. Mutaxassis Milliy Olimpiya qo'mitasida ham bo'ldi

Foto: O'FA matbuot xizmati

Katanec o'sha kuniyoq "Paxtakor" — "Turon" uchrashuvining 1-bo'limini, keyin esa AGMK — "Neftchi" o'yinining 2-bo'limini tomosha qildi

Foto: O'FA matbuot xizmati

O'FA xabariga ko'ra, murabbiy "Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan yurtimiz futboli hamda o'zbekistonlik futbolchilarning potenciali xususida suhbatlashdi va kelajakda o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib oldi.

20 avgust kuni Ravshan Haydarov Katanecning ikki yordamchisi bilan Jizzaxga tashrif buyurdi va "So'g'diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvini kuzatdi. Sloveniyalik murabbiyning o'zi esa shu kuni "Bunyodkor" - "Navbahor" o'yinida bo'ldi.

Yaqin orada uning murabbiylar shtabi ham elon qilinsa kerak. 

SHaxsan o'zim xorijdan kelgan mutaxassisning fikrlari bilan qiziqaman. U Katanec bo'ladimi, Kuper bo'ladimi, Arveladzemi — ularning futbol haqidagi tushunchasini o'rgangim keladi, kezi kelanda maslahat berishlarini xohlayman. Srechko Katanec bugun maydonlarni ko'ryapti, unga bularni ko'rsatishyapti. Hali u ko'p bora stadionlarga tashrif buyurib, futbolchilarni kuzatsa ham kerak.

SHu o'rinda janob Katanecga mamlakatdagi akademiyalarni ham ko'rsatishlarini xohlab qolardim. Bazi viloyatlarda akademiyalarning maydonlari yo'qligi-yu, borlarini ham holatini sloveniyalik murabbiy ko'rsin, tasavvurga ega bo'lsin, aytadiganlari bo'lsa maslahatlari bilan o'rtoqlashsin. 

O'FA hududiy associaciyalar bo'limi rahbari Baxtiyor SHirinov hududiy futbol akademiyalari haqida fikr bildirgan edi. Marhamat, mana bu erda viloyatlardagi akademiyalar holati haqida bilib olish mumkin.

Toshkent shahri hamda Jizzaxda bitta, Samarqand va Qashqadaryoda umuman maydon yo'q — Baxtiyor SHirinov hududiy futbol akademiyalardagi holat va maydonlar haqida

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика