Kassano: “Milan”ning 80 foiz futbolchisi tarkibga mos emas, ammo...”
31 dek 2019 00:54
Yangiliklar


Kassano: “Milan”ning 80 foiz futbolchisi tarkibga mos emas, ammo...”
“Milan”ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano Zlatan Ibragimovning Italiya klubiga qaytishiga o'z munosabatini bildirdi.
“Uning 80 foiz amodoshlari “Milan”da to'p tepishga loyiq emas. Ammo men ishonamanki, Ibragimovichning jamoaga qaytishi ularni o'z ustida yanada ko'proq mehnat qilishga undaydi.
Mashg'ulotlarda u barchani birdek ter to'kishga majbur qiladi. Agar Zlatan kimnidir o'z ishiga masuliyatsiz yondashayotganiga ko'zi tushsa, ovozini balandlatib, unga dakki berishi ham mumkin. Agar u tovushini balandlatib gapirdimi, o'sha holatda undan qo'rqish kerak”, deydi Kassano.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar