Kassano dunyoning eng kuchli uch himoyachisi kimligini aytdi
19 dek 2020 15:40
Yangiliklar


Kassano dunyoning eng kuchli uch himoyachisi kimligini aytdi
"Roma", "Milan" va "Real" sobiq forvardi Antonio Kassano bugungi kundagi eng kuchli 3 himoyachi kimligini aytdi.
Kassano Matteys de Ligt ("Yuventus"), Serxio Ramos va Rafael Varan (ikkisi ham - "Real")ni hozirgi paytdagi dunyoning eng kuchli himoyachilari deb hisoblashini aytdi.
De Ligt joriy mavsum Italiya chempionatida 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta sariq kartochka oldi.
Ramos esa La Ligada 10ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi, Varan esa Ispaniya chempionatida 12ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar