So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Karrager va Lamning nonushta ustidagi suhbati Yangiliklar

Karrager va Lamning nonushta ustidagi suhbati

Germaniya terma jamoasining sobiq sardori, "Bavariya" himoyachisi Filipp Lam "Liverpul"ning sobiq sardori Jeymi Karragerga klub qarorgohida intervyu berdi.



Karrager: - Filipp, sen oxirgi 10 yillikdagi eng kuchli qanot himoyachisisan. Lekin yana 2 yildan so'ng faoliyatingni yakunlamoqchisan, nega?

Lam: - Hamma narsaning boshi bo'lgani kabi oxiri mavjud. Men bunga o'zimni tayyorlab bormoqdaman. SHu bois 2018 yilda futbolchilik faoliyatimni yakunlayman, deb aytdim. SHunda meni yoshim 35ga to'lgan bo'ladi. O'ylashimcha, bu vaqtga kelib faoliyatimni yakunlash mumkin.Aytgancha, sen ham aynan shu yoshingda butsani mixga ilgandinku?

Karrager: - Ha, aynan shunday. Sen o'zing faoliyatingni yakunlashni istayapsan. Klubdagilar senga bu haqida aytishlarini kutging kelmayapti. Avvallari futbol boshqacha edi. Menga aytchi, yillar sayin qanot himoyachilarining roli qay tarzda o'zgardi?
 
Lam
: - Umuman futbolning o'zi o'zgarmoqda. Top darajadagi jamoalarga boq, ularda yarim himoyachilar soni oshmoqda.

Karrager: - Angliyada ko'pchilik "Bavariya"ning o'yinlarini kuzatib borishadi. Endi ushbu jamoaning sobiq bosh murabbiyi Pep "Manchester Siti"da faoliyat yuritadi. Men har doim Alonso bilan telefon orqali gaplashib turaman. Gvardiola meni tayanch zonasi va qanot himoyachisi sifatida qanday o'ynatadi, menga shuni tushuntirib bera olasanmi? Avvallari bunaqasi hech bo'lmagandi. Sen va Alaba markazdan qanotlarga juda ko'p o'tib harakat qilasizlar, shundaymi?

Lam
: - Men hozir Gvardiolaning sirlarini oshkor qilmoqchi emasman. SHuni aytish mumkinki, Pep ajoyib murabbiy. Gvardiola taktik jihatdan yuqori darajadagi mutaxassis sanaladi. Men vaqti kelib o'ng qanot himoyachisi rolida, yarim himoya markazida o'ynadim. Bu asosan taktikaga bog'liq. "Bavariya" har doim turli xil uslubda o'ynaydi.

Karrager: - Pep aytdiki, sen u bilan ishlagan futbolchilar ichida taktik jihatdan eng aqllisi ekansan. Bu senga tabiat tomonidan berilganmi yoki Gvardiola kelganidan so'ng bu kabi yuqori o'sishga erishdingmi?

Lam
: - Ikkisi ham. Men ham taktikaga ko'p etibor qaratadigan futbolchilar sirasiga kiraman. CHunki men uzun bo'yli futbolchi emasman va jismoniy jihatdan ham katta ustunlikka ega emasman. Gvardiola yangi g'oyalar bilan keldi. Uning bu g'oyalari va rejalari menga maqul keldi. Yarim himoyachi sifatida o'zimni kashf etdim.



Karrager: - Xush, yarim himoyada o'ynash qandoq ekan?

Lam: - Super, super! Men 10 yil davomida ham chap qanot, ham o'ng qanot himoyasida o'ynagandim. Bu esa meni har qanday holat bo'yicha to'g'ri echim topishga yordam bergan. Boshqa poziciyada o'ynash esa foydali. Bu jihat meni yanada yangi durajaga ko'tarilishimga sabab bo'ldi.

Karrager: - Men doimo "Liverpul"da o'ynaganman va hech qaerga ketish haqida bosh qotirmaganman. 2008 yilad "Barselona" senga juda qiziqqandi. Seni nima Ispaniya, Angliya va Italiyaga yo'l olishinga to'siq bo'ldi?

Lam
: - O'shanda "Barselona"ni Frank Raykaard boshqarardi. Agarda men "Barsa"ga o'tib ketganimda Gvardiola qo'l ostida o'ynagan bo'lardim. CHunki o'sha yili Pep jamoaga kelgandi. Men "Bavariya"da 12 yildan buyon o'ynab kelaman. Agarda men Myunxendan ketsam-u, "Bavariya" mensiz Evropa chempionlar ligasida g'alaba qozonsa, degan o'ylar bo'lardi. Bunday bo'lishini istamasdim. SHu boisdan ham "Bavariya"dan ketish borasida o'ylagim kelmasdi. Bu erda juda ko'pchilik jamoadoshlarim bilan Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lish darajasiga qadar o'sdik va bunga erishdik. "Bavariya" bilan katta yutuqlarga erishish, xususan ECHLda zafar quchish meni faoliyatimdagi eng katta maqsadim bo'lgan.

Karrager: - Demak men seni Klopp boshqaruvidagi "Liverpul"ga o't deya ko'ndirolmaskanmanda?

Lam: - (Kuladi) Yo'q, boshqa safar. Men Klopp Angliyaga ketganidan so'ng APLni ko'proq kuzatib boryapman. U erda muhit o'zgacha. Alonso "Enfild"dagi muhit, muxlislar haqida ko'p so'zlaydi. Lekin men hech qaerga ketmayman.

Karrager: - Germaniya chempionatida ketma-ket 4 yil chempion bo'ldinglar. Bundesliga tarixida bu natijani hech kim qayd etmagandi. SHulardan uchtasini Gvardiola qo'l ostida qo'lga kiritdinglar. Nima deb o'ylaysan, Gvardiolaning "Bavariya"dagi ishini qanday baholashadi? CHunki u Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lishga erisha olmadi...

Lam: - Angliyada bir klubni 3 yil yoki undan ko'p vaqt mobaynida boshqarish oddiy xol. Germaniyada esa 3 yil ishlash bu katta muvaffaqiyat. Pep uch marta Bundesligada g'olib bo'ldi. SHularning ikkita mavsumida oltin dubl qayd etdi. Ha, u bilan ECHLda g'oliblikka erisha olmadik. Lekin ortda qolgan uch yil yaxshi o'tdi deya olamiz. Gvardiola bizni yangi darajaga olib chiqdi.

Karrager: - Pep sovrinlardan ham ko'ra muhimroq murabbiy, shunday emasmi? Men aytmoqchimanki, u sizlarni o'yin yo'sinlaringizni o'zgartira oldi. Mashg'ulotlaringiz yangi darajada o'tkazildi. Sen ham Gvardiola tufayli futbolchi sifatida o'sishga erishdingmi?

Lam
: - Murabbiylarga har doim sovrinlariga qarab baho berishadi. SHuni qayd etish lozimki, Pep qo'l ostida ko'p futbolchilar o'z o'yinlarini yanada yaxshilashga erishishdi. Gvardiolaning taktikaga qanday etibor qaratishi, o'yinlarni tahlil qilishi va jamoani bo'lajak bahsga tayyorlar uslubi ajoyib. Men ham 30 yoshimda o'z o'yinimni yangi pog'onaga olib chiqishga erishdim. Bir tomondan Pep sovrinlardan ham murabbiy sifatida muhimroq, degan gapga qo'shilsa bo'ladi.


Karrager: - "Bavariya" 2013 yilda trebl qayd etgandi. Bu sizlar uchun qanchalik ahamiyat kasb etgan? CHunki Kloppning "Borussiya"si ikki yil ketma-ket chempionlikni qo'lga kiritgandi. SHuningdek, bir yil avval sizlar o'z maydonlarizda o'tgan ECHL finalida "CHelsi"ga imkoniyatni boy bergandinglar. Bu muvaffaqiyat o'zlarizga bo'lgan ishonchni yanada ortishi uchun ham ahamiyatli bo'lganmidi?

Lam
: - Qachonki sen ketma-ket 2 yil Germaniyada hech narsa yutmasang, unda odamlarda savol tug'ila boshlaydi. Ajoyib muvaffaqiyatdan avval "Alyanc Arena"da o'tgan ECHL finalida "CHelsi"ga, Germaniya Kubogi finalida esa "Borussiya Dortmund"ga yutqazgandik. Tanqidlar girdobida qolib ketgandik. Lekin bu narsa bizga ECHL finalida "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yin oldidan katta motivaciya ham bergandi. 2013 yildagi muvaffaqiyat bu hayotimizdagi katta quvonch, baxtli onlarni taqdim etgandi.


Karrager: - "Bavariya" har doim Dortmundning eng yaxshi futbolchilarini "ilib" ketadi. 2013 yili Mario Gyotce, 2014 yili Levandovski va mana endi Xummels!

Lam: - (Kuladi) Mats Xummels ajoyib futbolchi. Bizning xalqaro maydondagi erishayotgan natijalarimiz. har yili ECHLda kamida yarim finalga qadar borayotganimiz yangi futbolchilarni jalb etishimizga yordam beradi. Ular ham katta maqsadli jamoalarga o'tishga intilishadi. Ha, pul ham katta rol o'ynaydi. Lekin futbolchining xalqaro maydondagi g'alabalarga chanqoqligi ham katta ahamiyatga ega.

Karrager: - Kel, Jahon chempionatiga nazar solamiz. Fric Valter (1954), Franc Bekkenbauer (1974), Lotar Matteus (1990) va Filipp Lam (2014) - bu Germaniya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo'lgan sardorlar ro'yxati. Jarangli eshitiladi, to'g'rimi?

Lam: - Yomon emas, umuman yomon emas! (kuladi)

Karrager: - Mundialda seni Germaniya terma jamoasi safidagi yarim himoyadagi majburiyating "Bavariya"dagi bilan qanchalik farq qilgan?

Lam
: - Terma jamoa alohida taktika borasida ishlashga vaqt etmaydi. Buni sen o'zing ham yaxshi bilasan. SHu bois mening majburiyatlarim va ish hajmim farq qilardi. Men Jahon chempionatida Xedira va SHvaynshtayger safga qaytguniga qadar yarim himoyada o'ynagandim. Keyinchalik o'z joyimga qaytgandim.

Karrager: - Braziliyaga borishlarizdan avval sizlarga bo'lgan bosim yuqorimidi? CHunki Germaniya 1990 yildan buyon mundialda zafar qucholmayotgandi. Angliya uchun bu vaqt oralig'i katta tuyulmasligi mumkin, ammo bu Germaniya. Sizlar uyga kubok bilan qaytishlariz lozimligini qanchalik his etgandinglar?

Lam: - Ha, bizda juda katta umid bog'lashgandi. Bizda juda yaxshi, yosh va kerakligicha kuchli jamoa mavjud edi. Tarkibda yosh, ammo shu bilan bir qatorda tajriba to'plagan futbolchilar etarli edi. Jamoadagi ko'plab yoshlar katta musobaqadagi yarim finallarda, xususan 2010 yildagi mundialdagi yarim final uchrashuvida ishtirok etgandi. Biz o'z yurtdoshlarimiz, jonajon muxlislarimiz uchun bosh sovrinni uyga olib ketish haqida o'ylardik. Bu shuningdek men uchun oxirgi mundial ekanligini bilardim.

Karrager: - O'shanda men finalga o'g'lim bilan borgandim. Har doim o'ylayman, futbolda juda kichik detallar, jihatlar katta ahamiyat kasb etadi. Mario Gyotce zaxiradan tushib ekstra-taymda g'alaba to'pini kiritgandi. Ungacha esa Iguainda birinchi bo'limda juda qulay vaziyat yuzaga kelgan...

Lam
: - To'g'ri, sen haqsan. Messida ham ikkinchi taymda yaxshigina imkoniyat bo'lgan. O'shanda nimchorak finalda Jazoir bilan o'yinda ham ko'p ter to'kkanmiz va qo'shimcha bo'limlardagina g'alabani o'z tomonimizga og'dirgandik.



Karrager: - SHunday gaplar tarqalgandi, Germaniya terma jamoasi Evropa chempionati oldidan seni yana nemis mashinasidagi faoliyatingi tiklashga ko'ndirmoqchi bo'lishgan ekan. Bu haqida nima deya olasan?

Lam
: - Yo'q! Men o'z qarorimda qatiy turaman. Uyda shashlik qilib, bir-ikki bokal piva bilan Evropa chempionatini televizor orqali tomosha qilishni rejalashtirib o'tiribman.

Karrager: - Ajoyib reja. Nima deb o'ylaysan, Evropa chempionatida kim g'olib bo'ladi?

Lam: - Germaniya doimgidek favorit sanaladi. Lekin turnirni yaxshi boshlashga ko'p narsa bog'liq. SHuningdek, g'oliblikka davogarlar qatorida Franciya, Belgiya va Ispaniya bor. Yana Angliya ham bo'lishi mumkin...

Karrager: - Angliya deyayotganingda kulyapsan! To'xta, sen qachon eng baxtli onlarni his etgansan: 2013 yili "Bavariya" bilan treblni nishonlaganda yoki 2014 yildagi mundialda Jahon chempioni bo'lgan vaqtingdami?

Lam: - Qiyin savol. Bir narsa deyish juda mushkul. Evropa chempionlar ligasi o'zgacha turnir. Sababiki, men ushbu g'alabani birga o'sib-ulg'aygan do'stlarim bilan nishonlagandik. Bu fantastika edi. Biz bir oila edik. Terma jamoada esa sen bir-biring bilan qarama-qarshi ko'p bora duch kelasan. Terma jamoada 10 yil o'ynadim. Jahon chempionatida eng yaxshilar qatorida bo'lish - futboldagi eng yoqimli holat. Bu ikki voqea ichidan qaysidir birini ajratib ko'rsatish qiyin.

Karrager: - Pep Angliyaga kelmoqda. "Manchester Siti" futbolchilari avvaloi nimaga knikishlari kerak, qanday maslahat bergan bo'larding? Nima deb o'ylaysan, Pep Angliyada o'yinlar soni ko'pligidan muammolarga duch keladimi?

Lam: - Birinchi muhim jihati, futbolchilar o'z poziciyalarini yo'qotmasliklari kerak. Gvardiola bunga juda katta etibor qaratadi. Taqvim? Biz Evropa chempionlar ligasida uzoqqacha boraganimizni hisobga oladigan bo'lsak, Pep bu kabi muammo bilan duch kelgan. Mavsumga tayyorgarlik bosqichida nechta futbolchi yig'inni to'liq o'tkaza olishi va terma jamoalardagi futbolchilarning yo'qligi katta ahamiyat kasb etadi. Muammolar bo'lishi tabiiy. Lekin o'ylashimcha, Pep Angliyada yaxshi ishlaydi.

Karrager: - Pep bilan birinchi tanishuvni eslay olasanmi? U senga nimalar degandi? O'z rejalari bilan seni boxabar qilganmidi?

Lam
: - bu voqea jamoa 2013/2014 yilgi mavsumda tayyorgarlik ko'rayotgan jarayonida bo'lgandi. O'shanda Pep bilan ilk maroataba telefon orqali gaplashgandim. Dastlabki suhbatdayoq u meni lol qoldirgan. Yana nimalarni eslayman? Birinchi yig'inimiz Garda ko'lida bo'lgandi. Biz o'shanda taktik taraflama ko'p ishlagandik. Bu biz uchun yangilik edi. O'ylashimcha, Gvardiola dastavval nemis futboli, xususan Germaniya futbolining kuchli taraflari bilan yaxshilab tanishishi lozim edi.



Karrager: - Filipp, sen Gvardiola qattiq sog'inasanmi? Keyin sen Anchelottidan nimalarni kutyapsan?

Lam: - Men uni sog'inmayman. Professional futbolchilar murabbiylar almashishiga ko'nikib ketishgan. Futbol qonuni bu. Yangi murabbiy har doim yangi tajriba degani. Bizga xalqaro maydonda juda katta tajriba ega mutaxassis Karlo Anchelotti kelmoqda. Anchelotti bilan birgalikda ishlash juda qiziqarli bo'ladi.

Karrager - Juda ko'plab kuchli murabbiylar qo'l ostida o'ynagansan. Sen o'zingni kelajakda murabbiy sifatida ko'rasanmi yoki Rummenigge singari funkcionermi? Angliyada futbolchilar keyinchalik klub rahbariyatidan o'rin olishmaydi...

Lam
: - Men hech qachon murabbiy bo'lmayman. Men yana har kuni ishlashni, futbolchilik davrimdagidan ham ko'proq mehnat qilishni tasavvur qilolmayman. Men o'zimni murabbiy sifatida ko'rmayapman. Kelajakda nima bo'lishini bilmadim. Klubdagilar bilan bu masalada hali gaplashganim yo'q. "Bavariya"da ko'plab sobiq futbolchilar klub strukturasida ish yuritadi. Bu juda muhim. CHunki ular klubni, jamoani qanday tarixga ega ekanligini barchadan ko'ra yaxshi bilishadi va qadrlashadi.

Karrager: - Agarda sen faoliyatingni 2018 yilda yakunlamoqchi bo'lsang, unda ECHLda yana g'alaba qozonish uchun bor-yo'g'i ikkita urinish qolibdi. ECHLda boshqa g'olib bo'la olmasang bundan afsus chekasanmi?

Lam: - SHuni aytmoqchimanki, ikki yil ichida yana Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lmoqchiman. Bunga qattiq kirishaman. Men baxtli odamman. "Bavariya"da o'ynayotganim bu mening omadim. Bu jamoa har doim o'z oldiga eng yuqori vazifa va maqsadlarni qo'yadi. "Bavariya" har doim ECHL bosh sovrini uchun kurashadi. Ortga qaragim yo'q. CHunki oldinda qiladigan ishlarim hali ko'p.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика