Karrager: "Tottenxem" Kontedan qutulishi kerak"
19 mar 2023 10:39
Yangiliklar


Karrager: "Tottenxem" Kontedan qutulishi kerak"
Sobiq futbolchi Jeymi Karragerning fikriga ko'ra, "Tottenxem"dagilar bosh murabbiy Antonio Konteni tezroq istefoga chiqarishi kerak.
Italiyalik mutaxassis futbolchilarni sovrinlarga o'ch emasligi va omadsizliklarda aynan futbolchilar aybdor ekanligini aytgandi.
"Menimcha, Konte termalar vaqtida istefoga chiqarishlarini istamoqda. "SHporlar" uning diydiyolaridan tezroq qutulishi va buni bugunoq amalga oshirishi kerak. Uning fikriga ko'ra, "Tottenxem" ancha vaqtdan buyon sovrin yuta olmayotganiga futbolchilar aybdor, ammo murabbiy hech qachon o'z jamoasi haqida bunday gapirmasligi kerak.
O'tgan mavsum turnir jadvalida "Tottenxem"dan pastda bo'lgan "Arsenal" ko'plab faktorlar bo'yicha shahardoshidan o'tib ketdi", - dedi "Liverpul"ning sobiq futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 26
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 5

Fikrlar