Karrager: "MYUning hujumkor o'yini "Liverpul"ga qo'l kelishi mumkin"
20 fev 2019 23:10
Yangiliklar


Karrager: "MYUning hujumkor o'yini "Liverpul"ga qo'l kelishi mumkin"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager jamoaning APLning 27-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
"Hozirda "Manchester Yunayted" qiziqarli va hujumkor o'yin namoyish qilmoqda. Balki bu "Old Trafford"da "Liverpul"ga yordam berar...
MYUni Mourino boshqarib turgan vaqtida "Liverpul"da imkoniyat kam bo'lardi hamda Mane va Salohga bo'sh hudud qoldirilmasdi. SHu boisdan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlar juda qiyin o'tardi.
Endi barchasi o'zgarishi va ochiq futbolni tomosha qilishimiz mumkindir", - dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar