Karrager: "Manchester Yunayted"ning futboli ishdan chiqqan"
29 okt 2023 17:50
Yangiliklar
Karrager: "Manchester Yunayted"ning futboli ishdan chiqqan"
Angliya termasining sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"ning o'yin uslubi haqida gapirdi.
"Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin MYU tiklanayotgan emas, balki yanada cho'kayotgan jamoaga o'xshab qoldi. Erik ten Xag qo'l ostida jamoa "ishdan chiqqan" futbol ko'rsatyapti. Jamoaga uslub etishmayapti.
Faqatgina bir qancha futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishyapti. Garchi 2022 yil iyulidan beri 16 nafar yangi futbolchilar uchun 459 mln evro ishlatilgan bo'lsa-da, murabbiy o'yin uslubini to'g'ri yo'lga qo'ya olmayapti", - dedi Karrager.
Ayni damda mankunianliklar APLning 8-pog'onasida borishmoqda. Jamoa so'nggi chempionligini qo'lga kiritganiga 10 yil bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar