Karrager: "Maguayr Evro-2020'dagi o'yini bilan Ferdinand va Terrini soyada qoldirdi"
06 iyu 2021 21:31
Yangiliklar
Karrager: "Maguayr Evro-2020'dagi o'yini bilan Ferdinand va Terrini soyada qoldirdi"
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager XArri Maguayrning Evropa chempionatidagi o'yini xususida to'xtaldi.
"Maguayr hozircha Jon Terri, Toni Adams, Rio Ferdinand va Sol Kempbell darajasida emas. Biroq Maguayrning JCH-2018 va Evro-2020'dagi o'yini Angliya terma jamoasining afsonaviy himoyachilarining termadagi faoliyatini soyada qoldirdi. CHunki Terri va Ferdinand klubda yaxshi o'ynashgan, terma jamoa uchun esa Magayr kabi to'p tepishmagan", – dedi Karrager.
Karrager har doim keskin chiqishlari orqali omma etiborini tortib keladi.
Qadrli o'quvchi, uning Maguayr haqidagi fikrlariga ko'shilasizmi?
Fikrlar