Karrager: "Liverpul" tarkibini kuchaytirmasa, "Siti"ni pastga tushirish qiyin bo'ladi"
01 avg 2021 12:41
Yangiliklar
Karrager: "Liverpul" tarkibini kuchaytirmasa, "Siti"ni pastga tushirish qiyin bo'ladi"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager klubning transfer siyosati haqida gapirdi.
"Gap sonda emas, sifatda. Agarda tarkibni kuchaytirmasa, "Manchester Siti"ni pastga tushirish qiyin bo'ladi. Keling, ECHLni yutgan "CHelsi" va yozgi transferlar oynasi vaqtida Varan va Sanchoni transfer qilgan "Manchester Yunayted"ni yoddan chiqarmaylik.
"Liverpul"da gol uradigan futbolchini ko'rishni istayman. Klub meni havotirga solmoqda. Jamoa titul uchun kurashadigan darajada ko'p gol urishi kerak.
Sadio Manedan yaxshi mavsumni kutyapman. O'tgan mavsum u uchun yaxshi o'tmadi, biroq mavsumlar oralig'ida u o'zini yaxshi ko'rsatdi. Umid qilamanki, Sadio "Liverpul"ning gollarida ishtirok etadi", - dedi Karrager.
Fikrlar