Karrager: "Jamoa 2-3 yil hech qanday sovrin yutmasa ham, "Man Siti" Pepni ishdan bo'shatmaydi"
26 noy 2024 10:19
Yangiliklar
Karrager: "Jamoa 2-3 yil hech qanday sovrin yutmasa ham, "Man Siti" Pepni ishdan bo'shatmaydi"
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Siti" Pep Gvardiolani ishdan bo'shatishiga ishonmaydi.
"SHaharliklar" ketma-ket 5 o'yinda mag'lub bo'lishdi – bunaqasi 2006 yildan buyon birinchi marta yuz berdi. Jamoa APLda etakchi "Liverpul"dan 8 ochko ortda qolib ketmoqda.
"Ha. Ser Aleks Fergyusonni ishdan bo'shatib bo'lmasdi. O'ylashimcha, Yurgen Kloppni ham "Liverpul"dan bo'shatib bo'lmasdi, menimcha. "Manchester Siti" nima bo'lsa ham Pep Gvardiolani bo'shatmaydi, hattoki 2-3 yil jamoa sovrin yutmasa ham. "Liverpul" va Yurgen Klopp vaziyatida menda shunday hislar bo'lgandi. Agar ikki yoki uch yil sovrin yutmasa ham u murabbiyimiz bo'lishini istayverardik".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar