Karpin: "Rostov" o'yinchilari qo'llaridan kelganini qilishdi. Bundan ortig'ini shunchaki qila olishmasdi"
23 iyu 2020 18:23
Yangiliklar


Karpin: "Rostov" o'yinchilari qo'llaridan kelganini qilishdi. Bundan ortig'ini shunchaki qila olishmasdi"
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya Premer-ligasining yakunlangan mavsumi haqida gapirdi.
"Jamoa va yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular qo'llaridan kelgan barchasini qildilar. Ishoning, bundan ortig'ini qila olishmasdi. Va albatta muxlislarga minnatdorchilik bildirishni xohlayman.
Ular mavsum davomida qo'llab-quvvatlashdi, muxlislik qilishdi va qayg'urishdi. Buning uchun rahmat, shaxsan o'zim va klub nomidan minnatdorchilik bildiraman", - deydi Karpin.
Eslatib o'tamiz, "Rostov" Rossiya Premer-ligasida 30 turdan so'ng 45 ochko to'plagan holda, jadvalda beshinchi o'rinni egalladi va Evropa Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar