So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Karlush Keyrushga shartnomani uzaytirish taklif qilindi Yangiliklar

Karlush Keyrushga shartnomani uzaytirish taklif qilindi

Teglar :  Karlush KeyrushEron
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushga Eron futbol federaciyasi shartnoma muddatini uzaytirishni taklif qildi.

Bu haqda tehrantimes.com bir qator manbalarga asoslangan holda xabar bermoqda. Malumotlarga ko'ra, Eron terma jamoasi JCH-2018da qanday natija ko'rsatishidan qatiy nazar forslar Keyrushni terma jamoa boshqaruvida qolishini xohlamoqda.

Uning amaldagi shartnomasi shu yilning yozida, yani jahon chempionati yakuniga etganidan so'ng tugaydi, biroq federaciya portugaliyalik murabbiyni Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida ham o'zida olib qolmoqchi.

Malumot uchun, o'z vaqtida "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasini boshqargan Keyrush, "Manchester Yunayted"da Aleks Fergyusonga yordamchi sifatida ham ish olib borgan. U 2011 yilning aprel oyidan beri Eron termasini boshqarib kelmoqda.

Manbaning aytishicha, Karlush Keyrush federaciyaning yangi taklifini qabul qilishga juda yaqin turibdi. CHunki uni Eronda juda hurmat qilishadi, qolaversa futbolchilar ham u bilan ishlayotganidan mamnun.

Eron terma jamoasi oxirgi marta 1976 yil Osiyo Kubogida g'olib chiqqan, endilikda ular Keyrush qo'l ostida ikkinchi bor qita chempionatida zafqar quchish istagida. 2015 yil Avstraliyada o'tkazilgan musobaqada Eron chorak finalgacha borib, penaltilar seriyasida Iroqqa imkoniyatni boy bergandi.

Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida Eron o'z guruhida Marokash, Ispaniya va Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi. Tarixda ilk bor 24ta jamoa qatnashadigan Osiyo Kubogi kelasi yilning boshida BAAda bo'lib o'tadi va 5 yanvardan start oladi. Final uchrashuvi 1 fevral kuni Abu Dabi shahrida o'tkaziladi.

Reyting: -55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика