So’nggi yangiliklar

13:15"Саралаш ўйинларида футболчиларнинг қандай ҳолатда бўлиши муҳим, Эрон ва Қатарни эса ютишимиз керак" - Акмал Шораҳмедов  0 13:11Роналду фаолиятида илк бор гуруҳ босқичида бундай натижа қайд этди  0 13:10Сречко Катанец: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишонаман"  2 12:55"Кучли жамоалардан иборат яхши гуруҳ шаклланди. Энг асосийси, биз узоқ сафарларни амалга оширмаймиз" — Сречко Катанец  13 12:39ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичи тақвими ёхуд Ўзбекистон қайси саналарда ўйнайди?  55 12:33Жаҳон чемпионати-2026 саралашининг 3-босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон Эрон ва Қатар билан ўйнайди!  69 12:23Киммих шу ёздаёқ "Бавария"ни тарк этиши мумкин  1 12:01Грузия плей-оффга чиқди, одамлар эса кўчага  2 10:47Гарет Саутгейт? Евро-2024 да ишлаётган энг кўп ҳақ олувчи мураббийлар рўйхати тузилди  4 10:20Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  2 09:54Алексей Естафеев: "Тажриба етишмаслиги ва вазиятлардан фойдалана олмаслик натижасида мағлуб бўлдик"  0 09:27"Наполи" президенти Носир Ал Ҳелайфини очиқчасига танқид қилди  3 09:00Асрор Алиқулов: "Қизилқум"га қарши ўйинда бизга осон бўлмайди"  0 08:34Копа Америка. Мексикада мағлубият, Эквадор эса ғалаба қозонди  0 08:08Бугун Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ-2026 учинчи босқич саралашидаги рақибларини билиб олади  42

Intervyu. Karlush Keyrush: "Tanqidchilar bilan dushmanlar orasida farq katta" Yangiliklar

Intervyu. Karlush Keyrush: "Tanqidchilar bilan dushmanlar orasida farq katta"

Teglar :  EronKarlush Keyrush
Eron terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Karlush Keyrush Tehrantimes.com saytiga intervyu berdi.

Malumki, portugaliyalik mutaxassis Eron terma jamoasini 8 yil boshqardi. Uning oxirgi o'yini Osiyo Kubogi-2019 yarim finalidan o'rin olgan Yaponiyaga qarshi bahs bo'ldi. Bunda forslar 0:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. 

8 yil mobaynida Keyrush Eron terma jamoasini 100ta maydonga olib tushdi va buni ham o'ziga yarasha rekord ko'rsatkich desa bo'ladi. 66 yoshli murabbiy Eronni tark etganidan so'ng oradan uch oy o'tib intervyu berdi. 

- Hozirda Kolumbiya terma jamoasini boshqaryapsiz va yozda bo'lib o'tadigan Kopa Amerika-2019 musobaqasida ishtirok etasiz. Dastlabki o'yiningiz Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasiga qarshi kechadi. Bu o'yinda va umuman musobaqada Kolumbiya termasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz? 

- O'ylaymanki, Kolumbiya yaxshi jamoa va kuchli futbolchilarga ega. Biz har bir o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Men bunga to'liq ishonaman. 

- Eron terma jamoasini uzoq yil boshqardingiz. Kolumbiya bilan ham shu voqea takrorlanadi deb hisoblaysizmi? 

- Men murabbiylik faoliyatimni boshlaganimdan beri faqat ish unumdorligiga qarayman, son bo'yicha nima qilganimga emas. 

- Siz yaqinda to'liq to'lanmagan maosh uchun Eron futbol federaciyasi ustidan FIFAga shikoyat xati yozdingiz. Lekin Eron FF rahbari Mehdi Taj bu pullar bazi sankciyalar uchun to'lanmaganini aytdi. Bu muammoni hal qilsa bo'ladimi? 

- Janob Taj o'zini haqgo'y ko'rsatish uchun ko'p narsani bekityapti va noto'g'ri gaplar bilan odamlarni o'ziga ishontirishga harakat qilyapti. Bir so'z bilan aytganda, federaciya prezidenti o'z so'zida turmadi, u yolg'on vadalar berdi. SHuning uchun ham men shikoyat qilishga majbur bo'ldim. 

- Sizni nihoyatda ko'plab eronlik muxlislar yoqtiradi va hurmat qilishadi. CHunki Siz tufayli Eron terma jamoasi ikki bor jahon chempionatida o'ynadi. Lekin shunday odamlar borki, sizni doim tanqid qilishdi. Ularning fikricha, terma jamoa xalqaro o'yinlarda baribir yaxshi o'ynay olgan emas. Bu borada nima deya olasiz? 

- O'zingiz aytib o'tdingiz: eronlik muxlislar meni yaxshi ko'radi. Boshqalar haqida nima deyishim mumkin? Biz Eron mamlakati uchun o'ynadik, xalqni xursand qilishga harakat qildik. Men eronlik ishqibozlarni yaxshi ko'raman va hurmat qilaman. Lekin o'z navbatida menga boshqacha munosabatda bo'ladiganlar bilan ishim yo'q. Hammaning o'z qarashi bor. 


- Eron JCH-2014 va JCH-2018da nimadir ko'rsatishga harakat qildi-yu, lekin Osiyo Kubogi-2015 va 2019da g'olib chiqa olmadi. Buning sabablari nimada deb o'ylaysiz? 

- Yaponiyaga 0:3 hisobida yutqazib qo'yganimizni nazarda tutyapsizmi? Endi sizga bitta savol bor: shu o'yinda bizni kim qo'llab turdi? Hech kim. Futbolchilar, murabbiylar shtabi va federaciya xodimlaridan boshqa stadionda yana kimlar bor edli? Hech kim. Hatto federaciya rahbari o'yinimizni ko'rgani kelmadi. Men barcha muxlislarga xursandchilik va eng yaxshisini tilab qolaman. 

- Negadir JCH-2018dan so'ng o'zgarib qoldingiz. Odamlar bilan gap talashadigan, nafaqat siz, balki yordamchilaringiz ham keskin gaplarni aytadigan bo'lishdi. Bu xuddi jimjitlikni buzgan shovqinga o'xshab qoldi. Agar vaqtni ortga qaytarish imkoni bo'lganida yana shunday yo'l tutarmidingiz? 

- Men barchaga o'z hurmatimni saqlagan holda shuni aytishim mumkin, bu fikrga umuman qo'shilmayman. Menga atrofdan bo'lmag'ur hujumlar bo'ldi, shu bois javob qaytarishga majbur edim. Federaciya esa negadir bu payt jim qarab turdi. Hech kim terma jamoani, futbolchilarni, murabbiylarni himoya qilishni xohlamadi. Natijada bosh murabbiy sifatida o'zim gapirishga majbur bo'ldim. Eron matbuotini ochig'i tushunmayman. Yolg'on gapni yozadiganlar ko'p. Va negadir hech kim ularni ayblamaydi. Ko'pchilik niqob ortida fikr bildiradi va o'zining asl qiyofasini ko'rsatmaydi. Lekin muxlislar ahmoq emas va kim yaxshi, kim yomon ekanligini tezda ajratib olishdi. 

- Karlush Keyrush Eron terma jamoasini ketma-ket ikki bor jahon chempionatiga olib chiqib millat faxriga aylandi. SHuningdek, Branko Ivankovich ham "Persepolis"ni OCHL finaliga olib chiqib katta ish qildi. Har ikkingizni muxlislar sevadi, axir mamlakat futbolini ko'tarish uchun katta hajmdagi ishni bajardinglar. Siz Branko Ivankovich bilan qanday munosabatda bo'lgansiz? 

- Avvalo Karlush Keyrush Eron terma jamoasini ketma-ket ikki bor jahon chempionatiga olib chiqib millat faxriga aylandi degan gapingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Futbolda muxlislar mehrini qozonishdan bo'lak katta mukofot yo'q. Men buni doim aytib kelganman. Lekin yana savol tug'iladi: tanqidchilar bilan kim shug'ullanadi? Bir narsani to'g'ri tushuning: to'g'ri manodagi tanqidchilar bilan dushman orasida katta farq bor. Dushmanlar kuchni qaerdan olyapti? Bizga moliyaviy ko'makni kim bergan, kim bizni sport formalari bilan taminlagan, o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishga kim ko'maklashgan? Bu haqda kimdir o'ylab ko'rganmi? Nima sababdan men bizga umuman foydasi tegmagan odamlar haqida gapirishim kerak? 

X.Xoliqov tarjimasi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика