Karlos Tevesdan insoniylik namunasi (FOTO+VIDEO)
24 noy 2018 17:01
Yangiliklar
Karlos Tevesdan insoniylik namunasi (FOTO+VIDEO)
Bugun, 24 noyabr kuni "Boka Xuniors" hamda "River Pleyt" o'rtasida Libertadores Kubogining ikkinchi final o'yini bo'lib o'tadi.
Ushbu finaldan ikki kun oldin "Boka Xuniors" o'z stadioni - "Bombanero"da muxlislar uchun ochiq mashg'ulot o'tkazdi. 54 ming sig'adigan arenaga 49 ming ishqiboz tashrif buyurdi.
Mashg'ulot paytida muxlislardan biri panjara oshib, futbolchilar tomon yugurdi, biroq uni xavfsizlik xizmati xodimlari ushlab olishdi.
Kutilmaganda vaziyatga "Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves aralashdi va xodimlardan ishqibozni qo'yib yuborishni so'radi va aynan shu muxlisni futbolchilar bilan salomlashishiga imkoniyat yaratdi.
Bundan tasirlangan kutilmagan mehmon yig'lab yubordi va Tevesni bag'riga bosdi.
TAS-IX emas
Fikrlar