So’nggi yangiliklar

22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  7 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  8 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  1 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  2 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  1

Karlos Gonsalles: "O'zbekiston safidagi individual kuchli futbolchilar natijani taminlamoqda" Yangiliklar

Karlos Gonsalles: "O'zbekiston safidagi individual kuchli futbolchilar natijani taminlamoqda"

23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralashidan o'rin olgan 3-tur doirasidagi Kuvayt - O'zbekiston (1:5) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng Kuvayt U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Gonsalles fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Bugungi uchrashuvi qiyin o'tishi aniq edi. Oldingi o'yinlarda guruhdan chiqish masalasini hal qilgandik. SHu bois bugun futbolchilarni g'alaba ruhida maydonga  tushirish oson bo'lmadi. Qaysidir manoda bo'shashgan bo'lishimiz ham mumkin. Har qanday terma jamoa o'z maydonida kuchli o'yin ko'rsatadi. Qolaversa tarkibdagi yo'qotishlar ham o'z so'zini aytdi. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz o'xshamadi. Ikkinchi bo'limda esa futbolchilar qo'ldan kelgancha harakat qilishdi",- deydi Karlos Gonsalles. 


- Kuvayt futboliga so'nggi yillarda katta pullar evaziga yaxshi saviyadagi legionerlar taklif qilinmoqda. Bu yoshlarning o'sishi uchun qay darajada foydali bo'lyapti?

- Siz to'g'ri aytdingiz. Yosh futbolchilar mahalliy tajribali futbolchilardan o'rganishi kerak. Lekin qachonki ular birga maydonda o'ynasa. Tarkibimizdagi futbolchilarning ko'plari asosiy tarkibda ko'p maydonga tushmaydi. SHu bois o'yin amaliyoti kamroq. 

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasini o'zingiz uchun qanday kashf qildingiz? CHunki keyingi yil ham musobaqada ishtirok etish uchun bu erga kelasizlar va O'zbekiston bilan to'qnash kelishinglar mumkin...

- CHindan ham saralash bahslarini yomon o'tkazmadik. Afsuski oxirgi o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Har qanday musobaqad belgilangan vazifa amalga oshgach bo'shashish holati kuzatiladi. Diqqatni jamlash imkonsiz. O'zbekiston olimpiya terma jamoasida yaxshi shakllangan tarkib bor ekan. Murabbiylar yaxshigina ishlashgani ko'rinib turibdi. Raqib safida individual futbolchilar natijani taminladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика