Karlo Anchelotti: "Napoli" bundan ko'prog'iga qodir"
30 dek 2018 14:13
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Napoli" bundan ko'prog'iga qodir"
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Bolonya"ga qarshi bo'lib o'tgan A Seriyaning 19-tur uchrashuvi (3:2) haqida fikr bildirdi.
"Napoli" o'yinni nazorat qilmadi, chunki "Bolonya" ikki marta hisobni tenglashtirdi.
Raqib yaxshi o'yin ko'rsatdi va bizga muammolar tug'dirdi. SHu sababli "Napoli" iroda ko'rsatishiga to'g'ri keldi.
"Bolonya" bu mavsum "San-Paolo"ga kelgan jamoalar orasida bizga katta qiyinchilik tug'dirgan kam sonli jamoalardan biri bo'ldi.
"Napoli" to'g'ri yo'lda ketmoqda. Yaxshi natijalarga erishdik, ammo bu muvaffaqitlarimiz "Yuventus" soyasida qolib ketmoqda.
Optimist bo'lishimiz kerak. CHempionlar ligasida qo'ldan kelgan hamma ishni qildik, ammo bu jamoa hali bor kuchini ko'rsatmadi. "Napoli" bundan ko'prog'iga qodir" - deydi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar