Karlo Anchelotti: “Kasilyasga ko'proq o'yin vaqti ajratish? Buni imkoni bor”
20 fev 2014 15:02
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: “Kasilyasga ko'proq o'yin vaqti ajratish? Buni imkoni bor”
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, jamoa CHempionlar ligasida g'alaba qozonsa darvozabon Iker Kasilyasga chempionatda ko'proq o'yin vaqti ajratish xususida to'xtalib o'tdi.
“Ko'ramiz, ayni paytda CHempionlar ligasi finali haqida o'ylash kerak emas. Ushbu orzu amalga oshganda bu haqda gaplashamiz. Hamma narsa bo'lishi mumkin.
Menga o'ta talabchan va yopiq murabbiylar yoqmaydi. O'yinchilar bilan ochiq muloqotda bo'lishni istayman. Kabinetimning eshiklari barcha uchun ochiq, lekin to'g'risini aytadigan bo'lsam, o'yinchilar faqat muammo paydo bo'lgandagina mendan “xabar olishadi”.
Agar biror-bir o'yinchi bilan gaplashish kerak bo'lsa, marhamat men tayyorman, - deydi Anchelotti.

Fikrlar