So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Karasyov yuqori saviyadagi hakam" - Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti O'zbekiston va Qozog'iston uchrashuvini boshqaradigan hakam haqida fikr bildirdi Yangiliklar

"Karasyov yuqori saviyadagi hakam" - Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti O'zbekiston va Qozog'iston uchrashuvini boshqaradigan hakam haqida fikr bildirdi

Karasyov ushbu mavsum CHempionlar ligasi finalini boshqarib borishi mumkin edi.

“Championat.Asia” saytining hakamlar bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev saytimizga bergan intervyusi davomida Sergey Karasyov haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, ushbu hakam bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Qozog'iston uchrashuvida ishlaydi.

- Sergey Karasyov hozirda qanday formada?

- Uning holati yaxshi. Yaqinda Rossiya chempionati yakunlandi (aniqrog'i, jamoalar qishki tanaffusga yo'l oldi), u erda Karasyov ko'plab o'yinlarni boshqarib bordi. Umuman olganda, hozir uning ishi ko'p emas, ilgari u ko'proq evrokuboklarda ishlardi. Karasyov RPLning markaziy o'yinlarini boshqardi, qolaversa, yil boshida Saudiya Arabistoniga borib, mahalliy chempionat bahslarida ishladi.

- Uning hakamlik uslubi qanday?

- Karasyov juda qattiqqo'l, futbolchilar bilan kam so'zlashadi, imo-ishora bilan cheklanishni afzal ko'radi. Qoidalarga qatiy rioya qiladi, lekin bahsli vaziyatlarni bazan turli yo'llar bilan izohlab bera oladi. U qatiy uslubga ega, intizomiy jazo choralarini qo'llashi mumkin. SHuningdek, masuliyatni o'z zimmasiga olishdan qo'rqmaydi. Agar qoidalarga muvofiq bo'lsa, o'yinning dastlabki daqiqalarida ham kartochka ko'rsatishi yoki penalti belgilashi mumkin. Biroq u ikkala tarafni ham kartochkalar bilan siylamaslikka harakat qiladi, yani uchrashuv boshida o'yinchilar o'rtasida kechayotgan kurash darajasini kuzatadi. Agar futbolchilar kurashuvchan futbolga tayyor bo'lsa, Karasyov ularga xalaqit bermaydi.



- Kecha Karasevning O'zbekiston - Qozog'iston uchrashuvida ishlashi haqida malumot paydo bo'ldi. Qisqa muddat ichida chiqarilgan bildirish uning hakamlik qilishiga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Ishonchim komilki, Karasyov bu haqda ancha oldin olgan, ehtimol, bo'lajak uchrashuvdan bir hafta oldin xabar topgandir. U o'yin boshlanishiga bir necha kun qolganida bosh hkam sifatida tayinlanishi dargumon, ayniqsa xorijiy mamlakatda. Albatta, Karasyov nimanidir rejalashtirgan bo'lishi mumkin, chunki RPL hakamlari hozir tatilda. Agar unga ikki kun oldin aytilgan bo'lsa, u hech qaerga bormagan bo'lardi. Menimcha, Karasyov bo'lg'usi o'yinga shay holatda.

- O'zbekistonlik futbol muxlislari Karasyov haqida nimalarni bilishi lozim?

- Karasyov jahon talablariga mos keladigan yuqori darajadagi hakam sanaladi. Uning Evropadagi faoliyati oson bo'lmadi, shunga qaramasdan, u o'zining eng yuqori cho'qqisida edi: Sergey Evro-2020'da oltita o'yinda faoliyat olib bordi (uchtasida bosh hakam, uchtasida zaxira hakami sifatida). Karasyovga UEFA va shaxsan UEFAning katta hakamlar oficeri Roberto Rosetti katta ishonch bildiradi. Karasyov evrokuboklar, jumladan, CHempionlar ligasining hal qiluvchi o'yinlariga tayinlangan.

UEFA Superkubogiga tayinlangan hakam odatda Evropa ligasi yoki CHempionlar ligasi finaliga tayyorgarlik ko'radi. Ishonchim komilki, agar hozirgi siyosiy vaziyat bo'lmaganida, Karasyov ikki evrokubokdan birining finalida ishlagan bo'lardi. SHu bilan birga, u Qatardagi jahon chempionatiga borib, mundialdagi eng yaxshi hakamlardan biri bo'lardi. O'ylashimcha, u ko'pgina bahslarni boshqarardi, balki o'z vaqtida rekordchiga aylangan Ravshan Ermatovga o'xshab to'rt-beshta o'yinni boshqarardi. Biroq hozirda bitta turnirda bunday raqamga mos o'yinlar boshqaruvini kamdan-kam guvohi bo'lasiz.



- Evrokubok bahslariga tayinlanmayotganini hisobga olsak, bu ayni damda Karasyovga qanchalik qiyinchilik tug'dirmoqda?

- Bilishimcha, UEFA u bilan aloqada bo'lib turadi, Rosetti bilan munosabatlari yaxshi. Rossiyalik hakamlar, jumladan, Karasyov ham UEFA hakamlik seminarlarida qatnashmoqda. Lekin uchrashuvlarning ishonib topshirilmasligi Karasyov uchun yomon. U, albatta, CHempionlar ligasining pley-off bosqichida ishlaydi. Unga bu mavsumda, albatta, yarim final, ehtimol, final o'yinini boshqarish ishonib topshirilgan bo'lardi.

- Siz Karasyov bilan shaxsan tanishsiz. U qanday odam?

- U ancha xotirjam, lekin ayni paytda hazilkishlik xislati ham bor. Maydonda u qattiqqo'ldek ko'rinadi, lekin hayotda u ochiqko'ngil va kirishimli odam. Karasyovning kichik doiradagi do'stlari bor, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatadi. Aytgancha, u Rossiyaning "Catharsis" rok guruhida gitara chaladi, bu yil "Metallica"da ko'rinish berishi kerak edi. Qizig'i shundaki, Karasyov matbuotda o'zi haqidagi fikrlarni umuman o'qimaydi. U o'zini-o'zi baholaydi, uning tajribasi shunday ish tutishga imkon beradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика