So’nggi yangiliklar

14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  0 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  1 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  0 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  7 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16

Karantin Nasafga qattiq tasir qildi...mi? Yangiliklar

Karantin Nasafga qattiq tasir qildi...mi?

Superliganing 6-turida “Nasaf” futbolchilari o'z maydonlarida autsayder “Buxoro” qarshiligini sindira olishmadi -0:0.

Bu bilan Berdiev jamoasi joriy mavsumda qatorasiga uchinchi uchrashuvda raqiblarini mag'lub etishning uddasidan chiqa olmayapti. O'z uyida “Navbahor” va “Buxoro”, safarda “Mashal” bilan nursiz durang qayd etildi. Natijada Superliganing dastlabki uch turida 100 foizlik natija qayd etgan qarshilik futbolchilar karantindan so'ng o'tkazilgan uchta uchrashuvda 9 imkoniyadan atigi 3 ochko (!) to'plab, turnir jadvalida bir necha pog'ona pastga sho'ng'ishga majbur bo'lishdi...

Ammo oldinda qarshiliklarni yanada qiyin bellashuvlar kutib turibdiki, bu o'yinlarda Berdiev shogirdlariga oson bo'lmasligi aniq. Keyingi uch uchrashuvni ikkitasini qarshiliklar safarda AGMK va “Qo'qon-1912” jamoalariga qarshi o'tkazishadi. Bu jamoalarning o'z maydonida qanday harakat qilishini oxirgi ikki tur uchrashuvlarida kuzatdik. Yana bir bellashuvda Qarshida “Metallurg”ga qarshi kechadi. “Metallurg” esa so'nggi ikki turni safarda o'tkazishiga qaramay, (“Lokomotiv” va “Andijon”) har ikkala raqibini mag'lub etishning uddasidan chiqdi. 

Bir so'z bilan aytganda, oldinda “Nasaf”ni bir-biridan qiyin bellashuvlar kutib turibdi. Jamoa murabbiylar shtabi o'tgan uch turdan xulosa qilib, kamchiliklar ustida ishlab, chiroyli natijalar bilan muxlislarni xursand etishlari talab etiladi. Aks holda... 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика