So’nggi yangiliklar

18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  0 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  1 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1

"Kapitan Cubasa" yoxud "Bavariya"ning yangi futbolchisi Xames Rodriges aslida kim? Yangiliklar

"Kapitan Cubasa" yoxud "Bavariya"ning yangi futbolchisi Xames Rodriges aslida kim?

Bugun "Bavariya" klubi kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesni ikki yilga ijaraga olgani haqida xabar chiqdi.

Xames Rodrigesning tarixi yaponlarning futbol haqidagi Kapitan Cubasa multfilmini ko'rish bilan boshlangandi.

Kichkinagina Xames onasi olib bergan pishiriqlar va Pony Malta ichimligi bilan ushbu multfilmni har doim ko'rib borardi. Bosh qahramonga o'xshashni istagan Xames futbol o'ynashga va futbolchi bo'lishga qaror qiladi. Xamesning otasi ham futbolchi bo'lgan. 1985 yil yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida Kolumbiya sharafini himoya qilgan ota barcha muammolarni onasiga tashlab oiladan ketib qoladi. Uilson Xames Rodrigesning eng katta yutug'i bu aynan yoshlar o'rtasidagi JCH-1985 bo'ldi. Katta Rodriges shaxsiy hayotda ko'proq “unvonga” ega bo'lgan: uch marta uylanib uchta farzand ko'rgan.



Xames Rodrigesning o'gay otasi Xuan Karlos Restrepo bolakayning orzusiga erishish uchun barcha ishni qildi. Aynan u kichik Xamesni futbol to'garagiga olib bordi, u bilan birga to'p tepishni boshladi va keyinroq katta xarajatlar qila boshladi. Xames o'zining ilk professional klubi Envigadoga chaqirilganidan so'ng o'gay ota murabbiyga individual mashqlar uchun qo'shimcha 100 ming peso to'lab borgan. Xames mashg'ulotlardan so'ng qolib jarima to'plarini aniq amalga oshirish va zarbani aniq yo'llash borasida malakasini oshirib bordi. U eng yaxshi futbolchi bo'lishni istardi va yiqilib qolgunicha mashq qilardi. Individual mashqlardan so'ng trenajer zaliga ham borardi, – deydi Rodrigesning onasi Pilar.

Xames klub safida 14 yoshida debyut qildi. 17 yoshida Argentina chempionatida maydonga tushgan eng yosh xorijlik futbolchiga aylandi. U Banfild safida o'ynay boshladi.

Rodrigesning bir o'zi o'zga davlatga ketib qoldi, barcha yaqinlari Kolumbiyada qolishdi. Onasi Pilar uch oy davomida har kuni tunda yig'laganini keyinchalik tan olgandi. Xames har kuni uyga telefon qilardi: har bir qo'ng'iroq qatiy belgilangan vaqt – 2 daqiqadan iborat bo'lardi. Bundan ortig'iga oilada pul etmas edi. Bu menga yordam berardi. Ishlari haqida so'rardim, ko'proq ovqat eyishini aytardim... – deb yodga oladi uning onasi.

2008 yilda Xames hayotini o'zgartirib yuborgan qiz bilan tanishdi. Daniela Ospina Kolumbiya terma jamoasi darvozaboni David Ospinaning singlisi. Daniela boleybol terma jamoasida o'ynardi, ammo Xames bilan tanishuvdan so'ng u barchasini boshidan qurdi. Xames bilan birga Evropaga ko'chib o'tdi va oilasiga etibor qaratdi. 2013 yil ular qizlik bo'lishdi, unga Salomeya deb ism qo'yishdi.



– Xames – juda bosiq va tortinchoq yigit. U juda ham jiddiy, masuliyatli va ajoyib inson, – deydi Daniela. – Xames bilan bog'liq hech qanday janjalli voqea bo'lmagan, doim bo'sh vaqtni qizimiz bilan o'tkazamiz. Biz boshqa odamlar oraqali tanishganmiz, akamning hech qanday aloqasi yo'q. Faqat tanishuvdan so'ng futbol borasida ham bog'liq ekanligimizni bilib qolganmiz.

–Xamesning do'stlari kam edi, ammo Daniela uni o'zgartira oldi: u anchayin quvnoqlashdi. Endi uning qizi Salomeya futbolchi uchun ilhom parisi, gollardan so'ng qo'lini o'pib uni qizchasiga bag'ishlaydi.

Oldinroq Xames puli kamligi tufayli telefonlarda kam gaplashgan bo'lsa Portu keyinroq Monakoga o'tganidan so'ng ancha muncha pul to'pladi. Rodriges hozir anchayin oyoqqa turib oldi: Birinchi katta puliga Kolumbiyada bobosi va buvisi uchun uy qurib berdi, Portuda restoran ochdi, so'ngra Barchamiz kolumbiyalikmiz degan fond ochdi. Ushbu fond yosh bolalarga sport bilan shug'ullanish chog'ida yordam beradi va kerak bo'lsa turli ekipirovkalar bilan taminlaydi.

Men shu erda katta bo'lganman va hatto butsalarim bo'lmagan vaqtlarni boshdan kechirganman. Uni sotib olgan kunim bayram edi. Hozirgi bolalar hech nimadan qiynalmasliklarini ham ruhan, ham jismonan o'sishlarini istayman. Aynan shuning uchun fondni ochdim, – degandi Xames 2011 yil.



Albatta uning agenti Jorje Mendeshning harakatlari ham katta rol o'ynadi, ammo futbolchining o'zida ham qobiliyat borligini inkon qilib bo'lmaydi. Portugaliyaga ko'chib o'tgach Xames universitetni tashlamadi va tizim injenerligiga o'qishni davom ettirdi, bo'sh vaqtlarida ingliz tilini o'rganardi.

Tatil haqida gap ketsa Xamesga Kolumbiyadagi Ibaga va Medelin kabi shaharlar juda yoqadi. Ibagada o'zi katta bo'lgan, Medelinda uning turmush o'rtog'i tug'ilgan. U o'zining ajdodlariga hurmat bilan munosabatda bo'ladi. SHu bois ham bobosi va buvsiga yordam berishgan kelib turadi va buning evaziga ular Xamesni qo'lbola kolbasalar bilan siylashadi.

Umuman olganda kelajakda Xames ishtirokidagi multfilmni tomosha qilib futbolchi bo'lishni istab qolsa hayron bo'lmang. U nafaqat Kapitan Cubasadagi bosh qahramon bo'la oldi, balki ajoyib inson bo'lib qoldi.

Xames "Real Madrid" safida 110ta o'yin o'tkazib 36ta gol urdi. Ushbu klub tarkibida Ikki bor UEFA chempionlar ligasida zafar quchdi, ikki bor UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi, bir bor Ispaniya chempioni bo'ldi va ikki marta Klublar o'rtasidagi Jahon chempioni bo'ldi.

Endi futbolchi Germaniya chempionatida o'z kuchini ko'rsatishga urinib ko'radi.



sports.ru saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi.
Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика