Kante "Lester" bilan shartnomani uzaytirmadi
25 may 2016 13:59
Yangiliklar
Kante "Lester" bilan shartnomani uzaytirmadi
"Lester Siti" yarim himoyachisi N'Golo Kante "tulkilar" bilan shartnoma uzaytirishni istamadi va yozda klubni tark etadi.
25 yoshli futbolchining xizmatlariga Evropaning ko'plab klublari qiziqish bildiryapti. Ularning orasida PSJ ham bor. Parijliklar bir necha marotaba xavbek vakillari bilan uchrashdi va shu dam olish kunlari muzokaralarni yangi raundini o'tkazmoqchi. Agar N'Golo PSJga o'tishga rozi bo'lsa, uning maoshi sezilarli darajada oshadi. Parij klubi futbolchi uchun "Lester Siti"ga 25 mln. evro to'laydi.
Fikrlar