So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  1 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Kanada termasi bosh murabbiyi: "Maqsad qo'rqmasdan o'ynash va birinchi bo'lib gol urish edi" Yangiliklar

Kanada termasi bosh murabbiyi: "Maqsad qo'rqmasdan o'ynash va birinchi bo'lib gol urish edi"

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jon Herdman JCH-2022 guruh bosqichida Belgiyadan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Bugun futbolchilarim haqli ravishda shu erda ekanliklarini ko'rsatishdi. Muxlislarimiz ham aql bovar qilmas darajada edi. Ular ko'p emasdi, lekin ular stadionni jonlantirishdi va biz futbol xalqi ekanligimizni ko'rdik. Maqsad qo'rqmasdan o'ynash va birinchi bo'lib gol urish edi. Rejamiz o'xshamadi, ammo boshqa o'yindagi durang evaziga pley-off taqdiri hamon ochiq.

Men futbolchilarim qilgan ishlaridan juda faxrlanaman. Birlashishda davom etishimiz va muvaffaqiyatga ishonishimiz kerak. Penaltilarga kelsak, Kanadaning birinchi goliga umid qilgandik. Men Alfonso bilan faxrlanaman, u masuliyatni o'z zimmasiga oldi, butun mamlakat bu birinchi golni kutayotgandi. Men uning jasoratli ekani bilan faxrlanaman. Bu uning oqshomi emasdi, lekin Kurtua ham yaxshi darvozabon", – dedi Herdman.

Belgiya 3 ochko jamg'arib, "F" guruhida peshqadamga aylandi. Undan keyingi o'rinlarda Marokash, Xorvatiya va Kanada yuribdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика