So’nggi yangiliklar

08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  7 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  22 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  23 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  7

Kamron Saidazimov: "Asosiy tarkibda o'ynash uchun hammada imkoniyat bor" Yangiliklar

Kamron Saidazimov: "Asosiy tarkibda o'ynash uchun hammada imkoniyat bor"

"Lokomotiv" - "Surxon" o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Kamron Saidazimov qisqacha intervyu berdi.

- Ikki oydan oshiqroq davom etgan karantindan keyin ikkinchi sinov-nazorat o'yinida maydonga tushdik. Bu Superliga 4-turiga tayyorgarlik doirasida so'nggi o'yin bo'ldi. «Surxon» - yaxshi shakllangan jamoa. O'yin qiyin kechdi, boshida 2ta gol urib oldik. SHundan keyin 10 daqiqacha qiynaldik. Ammo ko'p o'tmay tizgin yana qo'limizga o'tdi.

- Murabbiy bugun sizni asosiy tarkibga qo'ydi. Hissiyot boshqacha bo'ldimi?
- Ha, shunday. CHunki jamoaga kelganimdan beri ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdim. Garchi o'rtoqlik o'yini bo'lsada, «Lokomotiv» tarkibida o'ynash bosim yuklaydi.

- Karantindan keyin jamoaning holati qanday? 15 iyun kuni birdaniga o'ynab ketish qiyin bo'lmaydimi?
- To'g'ri, qiyin bo'ladi, lekin mashg'ulotlarda astoydil ishlab tayyor bo'lib olishga harakat qilyapmiz. CHempionat boshlanganda kim qanday holatda ekanligi ko'rinadi. Xudo xohlasa, biz mavsumning davomiga tayyormiz deb o'ylayman.

- Bugungi o'yin qanchalik og'ir o'tdi?
- Ikkita gol urgan bo'lsakda, raqib bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. CHempionlikni maqsad qilib qo'yganimiz uchun barcha o'yinlarda yutishga harakat qilyapmiz.

- O'z o'yiningizni qanday baholaysiz?
- Boshida hayajondan chiqib ketish biroz qiyin bo'ldi. Ammo jamoaga moslashib ketishimga ishonaman. Bugun o'z o'yinimni ko'rsata oldim deb o'ylayman.

- Rasmiy uchrashuvlarda asosiy tarkibga kirish imkoniyati qanday?
- Asosiy tarkibga kirish uchun hammada imkoniyat bor. Jamoamizda yoshning ahamiyati yo'q. Kim mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatsa, murabbiy unga ishonch bildiradi va asosiy tarkibga qo'yadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика