Kamoliddin Murzoev: "SHaxtyor" bilan shartnoma imzoladim"
17 fev 2014 18:18
Yangiliklar


Kamoliddin Murzoev: "SHaxtyor" bilan shartnoma imzoladim"
O'zbekistonlik hujumchi Kamoliddin Murzoevning "Irtish"dan "SHaxtyor"ga o'tayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Biz futbolchining o'zi bilan bog'lanib bu masalaga oydinlik kiritdik: "Haqiqatdan ham "Irtish"dan ketdim. Bugun Qarag'andaning "SHaxtyor" klubi bilan 1 yillik shartnoma tuzdim. Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoada o'z o'rnimni topishga harakat qilaman. Yangi klubda 27-raqam ostida harakat qilaman", - deydi bugun 27 yoshga to'lgan Murzoev "SA"ga bergan intervyusida.

Fikrlar