Kamoliddin Kenjaevga vada qilingan uy topshirildi
26 iyu 2020 20:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/576892_original.jpg)
![](/upload/storage/576892_220.jpg)
Kamoliddin Kenjaevga vada qilingan uy topshirildi
Bugun Qarshida "Nasaf" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Uchrashuv avvalida "Nasaf"ning sobiq futbolchisi Kamoliddin Kenjaevga klub bosh homiysi va O'FA tomonidan vada qilingan uyning kaliti topshirildi.
Kamoliddin Kenjaevga kalit va sertifikatni O'FA masul xodimlari Rahmiddin Zikriyaev va SHoakram Isroilov tantanali ravishda topshirishdi.
Malumot uchun, Kamoliddin Kenjaev 2002-2006 yillarda "Nasaf" sharafini himoya qilgan.
Futbolchi 2006 yilda yuz bergan avtofalokat natijasida butsalarini mixga ilishga majbur bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar