So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  31 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Kamo Gazarov: "Buxoro" va "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yin shiddatli o'tadi" Yangiliklar

Kamo Gazarov: "Buxoro" va "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yin shiddatli o'tadi"

Teglar :  Kamo GazarovBuxoro
"Buxoro" yoshlar jamoasi ustozi Kamo Gazarov "Bunyodkor" bilan o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Yoshlar ligasida turnir jadvalidagi peshqadamga qarshi bahs olib bordik. Yigitlarimiz yaqindagina Bekobodda yana bir kuchli raqib bilan o'ynab kelishdi. Futbolchilarimiz dam olishlari uchun juda oz vaqt bo'ldi, shu sababli bugun ularda charchoq alomatlari sezilib turdi.

Bugungi uchrashuvda asosiy markaziy himoyachimiz diskvalifikaciya tufayli bizga yordam bera olmadi, shu sababli tezkor gol o'tkazib yubordik va dastlabki bo'limni 0:2 hisobida yakunladik. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimiz o'zlariga kelib olishdi va xarakter namoyish eta olishdi. Ketma-ket ikkita to'p kiritib hisobni tenglashtirib olgandan keyin yana golli vaziyatlarni vujudga keltirdik, afsus g'alaba qozonishimiz uchun ozgina vaqt etmadi. Futbolchilarimizga bugungi o'yin uchun rahmat aytaman.

Ertaga asosiy tarkib futbolchilari o'rtasida kechadigan bahsda bundan-da shiddatli futbol guvohiga aylanamiz. Ushbu uchrashuvda "Buxoro"ga g'alaba raqiblarga nisbatdan zarurroq. Ertangi g'alaba buxoroliklarni sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyatini beradi. Futbolchilarimiz o'yin qiymati nechog'lik baland ekanligini tushunib turishibdi, barcha o'yinga shay holatda. Nasib qilsa ertaga "Buxoro" g'alaba qozona oladi", - deydi Kamo Gazarov.

"Buxoro" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика