So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  112 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Kambag'allikdan oltin to'pga Yangiliklar

Kambag'allikdan oltin to'pga

Teglar :  Jorj Vea
Joriy kuz buyuk futbolchilarning yubileylariga boy bo'lyapti.

Sentyabr oyida Francesko Totti, Ronaldo, Andrey SHevchenko va Mixael Ballak 40 yoshga to'lishdi. Oktyabr oyining birinchi sanasi esa Afrika futboli faxri Jorj Vea 50 yillik yubileyini nishonladi. SHu munosabat bilan Oltin to'pni qo'lga olish orqali o'z mamlakati - Liberiyani keng darajada tanitgan yaqin o'tmish yulduzining hayot yo'liga nazar solamiz.

1966 yil 1 oktyabr

Angliya milliy jamoasi o'z tarixidagi asosiy va yagona xalqaro g'alabani tantana qilgan yili jahonning eng qashshoq mamlakatlaridan birida uning bo'lajak faxri tug'iladi. Jorj taqdiriga o'z zamonasining buyuk hujumchilaridan biri bo'lish va Oltin to'p laurea­tiga aylanish bitilgandi. Lekin Liberiya poytaxti - Monroviya shahrida tug'ilgan Jorj Taulon Manne Oppong Ausman Veani go'zal dunyo quchoq ochib kutib olgan, deyish qiyin.

Bolalik

Ko'p etirof etiladigan Janubiy amerikalik futbolchilar qashshoqlikni engib o'tishgan. Biroq Rivaldo, Arturo Vidal, Luis Suares kabi kambag'allikdan futbol qahramonlari darajasiga ko'tarilgan mega-yulduzlar ham Vea oldida shahzodadek kun kechirgan ko'rinishadi. Etibor bering, Jorjning oilasida 15 (!) nafar farzand bor edi. Boz ustiga, qashshoqqina Liberiyada. Xullas, Oltin to'pning bo'lajak sohibi bolalikda faqat bitta narsani o'ylagan - och qolmaslikni.

13 yosh

Futbol og'ir hayotning kamdan-kam ovunchoqlaridan biri sanalardi. Biroq Jorj doim ham o'zi xohlaganchalik to'p ortidan yugurolmasdi. Axir qorning och bo'lsa, yuragingga futbol sig'armidi? Jorj ulg'aygan sari ko'chada pul uchun o'ynay boshlaydi. Bunday uchrashuvlarda g'olib chiqqanlar arzimas sovrin jamg'armasini qo'lga kiritib, o'z oilalariga oz-moz oziq-ovqat sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishardi. Veani o'z tarkibiga olgan jamoa mudom g'alaba qozonardi, yigitchaning o'zi esa futbol iqtidori yordamida kambag'allikdan qutulishi mumkinligini tushunib boradi.

15 yosh

Jorj nihoyat, Liberiya uchinchi divizioni o'lchamlari bo'yicha olganda, haqiqiy va nisbatan shakllangan jamoa - Yang Syurvayvers Klarataunga taklif qilinadi. Young Survivors manosi: Omon qolgan yoshlar. Aynan yosh Veaning misli ko'rilmagan mahsuldorligi evaziga Yang Syurvayvers tezda ikkinchi divizionga chiqadi, biroq unga elitaga ko'tarilish nasib etmaydi, baribir. CHunki jamoa asosiy yulduzini o'z tarkibida uzoq vaqt ushlab turolmaydi.

17 yosh

Jorj poytaxtni tark etib, oliy divizionda o'ynaydigan konchilar jamoasi - Bongreynj Kompani safiga qo'shiladi. Biroq bu klubga safari uzoqqa cho'zilmaydi.

18 yosh

Monroviyaga qaytgan Vea murakkab tanlovga duch keladi: mamlakatning eng kuchli ikki klubi - Mayti Baroll va Invinsibl Elevendan taklif olgandi. Jorj ulardan birinchisini tanlaydi. Mayti  Engilmas 11talik, deya tariflanadigan Elevendan farqli o'laroq, Liberiyaning tub aholisi jamoasi hisoblanardi. Yosh hujumchi debyut mavsumidayoq Mayti Barollning chempion bo'lish barobarida mamlakat kubogini yutishiga katta hissa qo'shadi.

19 yosh

Mayti bilan yirik g'alabalar nashidasini surgan Vea keyingi yili Invinsibl Elevenga ko'chib o'tadi. Tushunarliki, unga ko'proq pul taklif qilishgandi. Muhimi, Jorj bu klubda ham mahsuldorlikni o'rniga qo'yadi, yani gollari soni o'yinlari miqdoridan ortib ketadi. Yakunda Evelen chempionlik rutbasini azaliy raqibidan tortib oladi.

20 yosh

Vea uchun faoliyatining boshlanish qismida pul katta ahamiyat kasb etgan. To'g'ri, birinchidan, gap katta summa haqida ketmayapti, ikkinchidan, nochorlikda yashagan yigitning to'liq taminotga ega bo'lish xohishini tushunish ham mumkin. Aytish joiz, Jorj shu xohishi sabab, hattoki, yirik mojaro markaziga tushadi. Gap shundaki, avvaliga Kamerunning Tonner jamoasi bilan shartnoma tuzgan hujumchi bir necha kun o'tib, Kot-d~Ivuar poytaxti - Abidjan shahriga quyon bo'ladi. CHunki Afrika Sports klubi prezidenti uning boshidan oltin sochishni vada qilgandi. Lekin Tonner ham bo'sh kelmaydi: imzolangan hujjatlar yordamida qochoq futbolchini ortga qaytishga majbur qiladi. Natijada Vea Kamerunda ham etarlicha gollar urib, chempionlik unvonlari sonini ko'paytiradi.

21 yosh

Evropada liberiyalik superiqtidorli hujumchi haqida tezda xabar topishadi - Klod Le Rua tufayli. Zero, bu murabbiy o'sha vaqt Kamerun termasini boshqarardi. Xullas, Le Rua milliy chempionat bahslarini kuzatish asnosida Veaga etibor qaratadi va hujumchini Arsen Vengerga tavsiya etadi. U o'shanda Monakoda ishlardi. Xullas, monegasklar qandaydir 200 ming to'lab, Jorj bilan 3 yillik shartnoma tuzishadi.

22-25 yosh

Venger yosh afrikalikdan samara chiqarish yo'lida ancha ter to'kadi. CHunonchi, u o'ta iqtidorli, tezkor va egiluvchan bo'lsada, taktika masalasida hech narsani tushunmasdi. Deylik, himoyaviy harakatlarni boshqalar majburiyati, deb bilar va to'pni egallagach, maydonda go'yoki, yolg'iz o'zi bordek birovga pas bermasdi. Liberiyalik uquvsiz yigitcha boshqa klubga o'tib, bosh­qa murabbiy qo'liga tushganida, fao­liyati, umuman, hayoti qanday rivojlanardi - bir narsa deyish qiyin. Eng asosiysi, Vea Monako va Venger oldidagi qarz­larini gollar bilan uzadi. U shuningdek, qimmatli saboqlarni Franciya kubogini qo'lga kiritish orqali oqlaydi.

26 yosh

Monako oradan 3 yil o'tib, afrikalik javohirni PSJga sotib, binoyidek foyda oladi. Jorj esa poytaxt klubida darhol o'zini ko'rsatib, yana Franciya kubogi sohibiga aylanadi. U jamoaning yana bir yangi futbolchisi - David Jinola bilan ajo­yib hujum tandemini tashkil qilgandi.

27 yosh

PSJdagi ikkinchi mavsum Vea uchun uncha samarali bo'lmaydi. Lekin jamoa yakunda Liga 1 oltin medalini qo'lga kiritib, ko'hna qitaning asosiy turniri - CHLga yo'l ochadi.

28 yosh

Jorj shu tariqa ichki arenadagi mahsuldorlik bilan cheklanib qolmay, xalqaro turnirda eng mashhur raqiblar darvozasiga ham gol ura boshlaydi. PSJ o'sha mavsum o'z kvartetida 100 foizli natija qayd etib, Bavariya, Spartak (Moskva) va Dinamo (Kiev) klublarini ortda qoldiradi. Vea esa 6ta o'yindan 5tasida gol urishni eplaydi. Afrikalik futbolchi chorak finalda Barselonani ham ranjitadi, biroq PSJ hal qiluvchi o'yin yo'lida Milanga bas kelolmaydi.

29 yosh

Milan 1995 yilning yozida Jorjni o'z tarkibiga qo'shib oladi va butun futbol olami aql bovar qilmas hujumchi o'yinlaridan yoqa ushlaydi. France Football nash­ri esa go'yoki, aynan Vea tufayli Oltin to'p tanloviga o'zgartirishlar kiritadi. Yangi qoidaga ko'ra, nufuzli sovringa faqat evropaliklar emas, balki ko'hna qitada to'p suruvchi boshqa materik vakillari ham davogarlik qila boshlaydilar. Etiborlisi, 1995 yiliyoq Oltin to'p Vea mulkiga aylanadi. U shu bilan nufuzli individual sovrin tarixida jahon chempionatida o'ynamay turib, laureat bo'lgan ikkinchi futbolchiga aylanadi (Jorj Bestdan ke­yin). SHuning­dek, Vea ikki qita - Evropa va Afrikada tengdaniga eng yaxshi maqomini olgan birinchi futbolchidir.

28-32 yosh

O'tgan asrning 90-yillari A seriyasi evrofutbolda eng kuchli liga sanalardi. SHunday ekan, Veaning Franciyadagi faoliyatdan so'ng o'ta tartibli himoyachilar bilan duellarda ustunlik qilish uchun zaxira kuchlaridan foydalanishiga to'g'ri keladi. Umuman olganda, hujumchi o'z zimmasiga yuklatilgan missiyani sharaf bilan uddalaydi va Milan­ning muhim bo'g'iniga aylanadi. Deylik, rossonerlar afrikalik goleador yordamida 2ta skudetto yutishadi. Jorj faoliyati davomidagi eng mashhur golini aynan Milan libosida nishonlaydi. O'shanda u to'pni o'z jamoasi jarima maydoni ichida qabul qilgan va olg'a borib, raqib darvozasini nishonga olgandi.

33 yosh

Yillar o'tishi bilan Veaning mavsumdagi gollari soni kamayib boradi - yosh o'z so'zini ayta boshlagan, ammo raqobat o'sha-o'sha edi. 2000 yilning qishida Jorj yarim yillik ijara asosida CHelsi safiga qo'shiladi va 15ta o'yinda 5ta gol uradi.

34 yosh

Buyuk hujumchining faoliyati shubhasiz, ufqqa yaqinlashayotgandi. U 34 yoshida Milan bilan xayrlashib, ozod agent maqomida Manchester Siti bilan shartnoma tuzadi. Aytish joiz, afrikalik futbol dahosi Italiyadan ketar chog'i yosh Andrey SHevchenkoda o'ziga xos ilhom uyg'otadi. Yani ukrain yigitini Italiyada ko'p gol urishi va o'zi kabi Oltin to'pga ega chiqishini bashorat qiladi. Jorj bu borada ham adashmagandi. To'g'ri, o'zining Angliyadagi ishlari uncha yurishmaydi. Natijada mavsumning ikkinchi qismida Franciyaga qaytib, Marsel uchun bir nechta muhim gol uradi va evrofutbol bilan munosib xayrlashadi.

35-36 yosh

Jorj nafaqaga chiqish oldidan BAAga yo'l oladi. CHunonchi mahalliy Al-Jazira klubi faxriy hujumchiga o'ta manfaatli shartnoma taklif qilgandi.

39 yosh

Vea butsalarini mixga ilgani hamono o'zini siyosatga urdi. Xususan, 2005 yili Liberiya prezidenti lavozimiga davogarlik qildi. Aytish joiz, u mamlakatning birinchi raqamli fuqarosi bo'lishga ham ancha yaqin keldi. Aniqroq gapirsak, sobiq futbolchi saylovlarning birinchi raundida 28 foiz ovoz to'plab g'alaba qozondi. Biroq ikkinchi bosqichda Afrika tarixidagi birinchi ayol prezidentga aylangan Elen Jonson-Serlifga yutqazib qo'ydi.

43 yosh

Jorj faol xayriya faoliyatini boshladi. Uning maqsadi jonajon yurti - Liberiyada umumiy turmush tarzini imkon qadar ko'tarish. CHunonchi, Vea nafaqat qoyilmaqom futbol faoliyati, balki ulkan qalb egasi bo'lgani bilan mamlakatda milliy qahramon darajasiga chiqqan.

45 yosh

Veaning yaqin 20 yilda mamlakat prezidenti lavozimini egallab, asl maqsadiga etishishi ehtimoli katta, baribir. Harqalay, u urinishlarni to'xtatmayapti. Deylik, 2011 yili vice-prezident lavozimiga o'z nomzodini surdi, ammo yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Lekin keyinchalik 78 foiz ovoz bilan senat azoligiga saylandi.

48 yosh

Jorj Vea muntazam ravishda turli ijtimoiy va gumanitar loyihalarda ishtirok etadi. Misol uchun, bundan 2 yil muqaddam butun Afrika nomidan maxsus qo'shiqning yaratilishida bevosita qatnashdi. Unda jahon ahlidan ebola virusini yo'qotish uchun yordam so'ralgan.

50 yosh

Ehtimolki, Jorj yoshligida ham futbol, ham hayotda bunday cho'qqilarni zabt eta olishini tasavvur qilmagandir. Unda g'ururlanish uchun asoslar etarli. Misol uchun, o'g'li Timoti 2 yilcha oldin CHelsi ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tdi. To'g'ri, yakunda u otasi o'ynagan klub safidan joy oldi. Xullas, Timoti bahorda PSJ bilan shartnoma tuzdi va hozirda yoshlar jamoasida ko'p gol urmoqda. Hattoki, o'yin­lardan birida raqib darvozasini 5 marta ish­g'ol qildi. Yaqinda esa yoshlar o'rtasidagi CHLda Ludogorec kiperini 3 marta ranjitdi - xet-trik. Ko'rinishidan AQSHda ul­g'aygan yigitcha jarangdor familiya bosimini mutlaqo his qilmayapti, shekilli. Ha, 90-yillarda urf bo'lgan Vea, Veaaaaa, Veaaaaaaaa! hayqirig'i tez orada yana quloqlarni qomatga keltirsa, ajabmas.

 I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика