"Kalyari" ustozi iste'foga chiqarildi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2021, 21:29
Jamoa bosh murabbiysiz qoldi.

"Kalyari" o'z rasmiy saytida bosh murabbiy Leonardo Semplichi ishdan bo'shatilganini e'lon qildi. 

Jamoa yordamchi murabbiylari ishda qoladi.

Semplichi "Kalyari"ni fevraldan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostidagi klub ushbu mavsumda 3 o'yinda 1 ochko to'pladi va 18-o'rinda bormoqda. 

Bu Italiya A Seriyasidagi kunning ikkinchi iste'fosi bo'ldi. Sal oldinroq Eusebio Di Franchesko "Verona"dan ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cagliaricalcio.com