So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

Kakaning hayotdagi saboqlari Yangiliklar

Kakaning hayotdagi saboqlari

Teglar :  KakaMilanBraziliya
Braziliyalik sobiq futbolchi Kakaning hayotiy xulosalarini taqdim etamiz.

Mubolag'asiz, ajoyib futbolchi va g'ayrioddiy shaxs hisoblanadigan Kaka ko'p sonli sport yulduzlaridan o'zining yorqin hamda sovrinlaru unvonlarga to'la faoliyati mojarolarsiz o'tganligi bilan ajralib turadi. Braziliyalik futbolchinini ayblaydigan hech narsa yo'q, faqat u o'zini butun qirralarini ochib berolmagan. Ammo bunga etarlicha sabablar bor edi.

"Oltin to'p" sohibi, FIFA, FIFPro, World Soccer, Onze, FourFourTwo talqinlari bo'yicha sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi, UEFA talqiniga ko'ra Evropaning eng yaxshi futbolchisi, A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi, jahon chempioni, Konfederaciyalar kubogi g'olibi, CHempionlar ligasi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati, Italiya va Ispaniya chempioni, Ispaniya kubogi va Italiya Superkubogi g'olibi... Kaka buncha titullarga erishishi etti uxlab, tushiga kirmaganini takidlaydi.

O'zining ajoyib istedodi, mehnatkashligiga qaramay, kamtarin hayotida diniy etiqodlari katta rol o'ynagan. Qolaversa, bo'yniga ulkan qimmatbaho xochlar yoki malum bir dinning boshqa ramzlarini osib qo'yadigan, lekin aslida unga amal qilmaydigan bazi sportchilardan farqli o'laroq, Kaka o'zi ishongan narsaga qatiy amal qilgan.

"Orzularimning chegarasi San-Pauluda bo'lish va hech bo'lmaganda bir marotaba Braziliya terma jamoasi libosida to'p surish edi, lekin Isoning men uchun boshqa rejalari bor edi".

- Odamlar maslahat so'rab tez-tez murojaat qilishdi, lekin odamlarga nimalarnidir aytishdan ko'ra amalda ko'rsatishni afzal ko'raman.

- Umrim davomida Iso men uchun doim birinchi o'rinda bo'lgan. Lekin hech qachon o'taketgan mutaassib bo'lmaganman, faqat Xudoning qonunlariga amal qilishga harakat qilganman.

- Butun umrim davomida Bibliyaga amal qildim, agar meni yaxshi inson sifatida bilsangiz, bu, avvalo, Injil va unga mehr uyg'otgan ota-onamning xizmatidir.

Faoliyatidagi orzularini yoshligidayoq ("San-Paulu" va Braziliya terma jamoasida o'ynash) ro'yobga chiqargan Kaka, Evropani zabt etish uchun "Milan"ga yo'l oldi.


- Italiyada murabbiylar tafsilotlarga berilib ketishadi. Ular barcha mayda-chuyda narsalarni, qanday harakat qilayotganingizni, maydonda qanday poziciyalarni egallashingizni sinchkovlik bilan o'rganadilar va oxir-oqibat, sizni to'xtatish yo'lini topadilar.

- "Milan" mening uyim, qalbimdan chuqur joy egallagan klub, Milanda har doim hayratlanarli jamoa shakllanib kelgan. Ehtimol, braziliyalik futbolchining Italiya klubiga bo'lgan bunday mehr-muhabbati g'ayrioddiy tuyular, lekin hech qachon ko'nglimdagilarni yashirmayman.

- Klubdagi faoliyatim davomida eng esda qolarli lahza 2007 yilda CHempionlar ligasi finalida "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alaba hisoblanadi.

2009 yilda "Real" Kakani 67 million evroga sotib olgan va o'sha vaqtlarda faqat Zinedin Zidanning transfer summasi yuqoriroq edi (77,5 million).

- "Santyago Bernabeu"da hatto Krishtianu Ronalduga nisbatan hushtakbozlik qilishardi.

- "Real" taklifini qabul qilganimda o'zimga ishongandim, ammo "Milan"da nimalarga qodir ekanimni to'liq namoyon etolmadim. Garchi 120 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol urgan va 3 ta sovrin qo'lga kiritgan bo'lsam-da, u erdagi faoliyatim butkul muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

- "Real Madrid"da hamma narsani, xoh yaxshi bo'lsin, xoh yomon, matbuot va muxlislar bemanilik darajasiga olib kelishdi. Bunday muhitga moslashish oson bo'lmadi.

- Muvaffaqiyatsiz davrga qaramay, "Real Madrid"dagi o'yinlarim davomida qimmatli tajriba orttirdim. Hech bo'lmaganda, shaxs sifatida kuchliroq bo'ldim.

- Hech narsaga erisha olmaganimda, hech bo'lmaganda muvaffaqiyaga erishishni orzu qila olaman.

- Joze Mourino bilan ishlash qiyin, lekin u bilan doimo yaxshi munosabatda bo'lganmiz. Aynan u menga sabr-toqat, jangovar fazilatlar va murabbiyning qarorlarini hurmat qilishni o'rgatdi. U mening shaxs sifatida o'lg'ayishimda yordam berdi.

2013 yilda Kaka "Milan"ga qaytdi, ammo braziliyalik sehrgarning mo'jizaviy o'yinlari o'tmishda qolgandi. SHunga qaramay, braziliyalik "Rossonerlar" shon-shuhrat zalidan munosib joy egalladi. "Milan"dan so'ng MLSda "Orlando Siti"da to'p surdi, keyinchalik "San-Paulu"ga qaytdi hamda 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Yillar davomida orttirilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, siz endi avvalgidek to'p ortidan quvishingiz shart emas. Maqsadga erishish uchun qisqaroq yo'llarni topish mumkin.

- Qanchalik arzimas gapdek tuyulmasin, yaxshi jamoasiz futbolda muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi.

- Futbolda hamisha shunday bo'ladi: ishlar yaxshi ketayotgan bo'lsa, faqat ijobiy tomonlarga etibor berishadi, lekin biror narsa noto'g'ri bo'lishi bilanoq hammasi o'zgaradi, yaxshi jihatlaring esda qolmaydi.

- Ko'pchilik o'zini arzimas mehnati orqali topganidan ko'ra ko'proq narsaga loyiqman deb hisoblaydi.

Faoliyati davomida Kaka Braziliya terma jamoasi safida 92 ta o'yin o'tkazdi (29 ta gol) va har qanday braziliyalik yigit orzu qiladigan ishni amalga oshirdi – jahon chempioni (2002) bo'ldi. Keyingi ikkita jahon chempionati Yaponiya va Koreyadagi mundial singari muvaffaqiyatli o'tmadi va u dahshatli 2014 yilda o'tgan Braziliya mezbonligidagi jahon chempionati qaydnomasiga kiritilmadi, biroq uning nomi Marakana shon-shuhrat zalidan o'rin oldi.

- Men har doim Braziliya terma jamoasida o'ynashni xohlaganman, lekin murabbiylar o'tmishdagi xizmatlarim uchun emas, balki qachonki foydam tegishiga ishonishgan taqdirda taklif qilishini maqul ko'rganman.

- Hech kim Braziliya terma jamoasi oldiga hech qanday vazifa qo'ymagan, chunki har qanday turnirda yagona maqsad g'alaba qozonish ekanligi barchani ongiga singdirilgan. Birinchi o'rindan boshqa har qanday natija falokatli sanaladi.

- Haqiqatan ham milliy chempionat o'yinlari va CHempionlar ligasi jahon chempionati bo'lmagan yillardagina qiziqarli tusda o'tadi. Aks holda, barcha futbolchilar, murabbiylar, muxlislar ilk navbatda mundial haqida bosh qotiradi.

- Argentina terma jamoasi ishtirok etmagan jahon chempionati jahon chempionati emas.

- Premer-ligada ko'plab ajoyib jamoalar va ajoyib o'yinchilar bor, lekin men u erda o'ynash imkoniga ega bo'lmaganimdan afsuslanishni ham bilmayman.

- Men bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi bu — Ronaldo (braziliyalik). Agar yosh futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsak, menga Neymar ko'proq yoqadi.

Futbolchilik faoliyati tugashidan ancha oldin Kaka o'z etiqodiga ko'ra, jamiyat ishlarida faol ishtirok eta boshladi. 2004 yilda u BMTning ochlikka qarshi dasturining eng yosh elchisiga aylandi hamda 2008 va 2009 yillarda Time jurnali uni Er yuzidagi eng nufuzli 100 nafar inson qatoriga kiritdi. 

Aytgancha, u tvitterda 10 million obunachiga ega bo'lgan tarixdagi birinchi sportchi hisoblanadi va bu natija uning faqatgina futbol maydonlarida erishgan muvaffaqiyati bilan bog'liq emas.

Balki kelajakda Kaka Zinedin Zidan izidan borishini va tajribali murabbiyga aylanishini guvohi bo'larmiz. Ehtimol, u "Milan" libosida o'ynagan yana bir braziliyalik futbolchi - Leonardoning yo'lini takrorlar, yaxshiyamki, u allaqachon sport marketingi bo'yicha diplomga ega.

Kaka amalga oshirayotgan har qanday ishni vijdonan bajarishiga shubha yo'q. Boshqacha qilib aytganda, u bajarayotgan ishini yuzaki qilmaydi.

- Hayotim va kareramdan mamnunman. Garchi mansabdan farqli o'laroq, hayotim hali yakunlanmagan bo'lsa-da, kelajakda yaxshi voqealar bisyor bo'lishiga ishonaman.

- Vaqt o'tishi bilan Zinedin Zidanning yo'lini takrorlamoqchiman: futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin biroz dam olish, fikrlarimni jamlab olish, so'ngra akademiyada yosh yigitlarga murabbiy sifatida saboq berish.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика